"Oq-tepa" - "Neftchi" o'yinidan fotomaqola

Nadirkhuja Yuldashev
30 apr 2015, 13:45
To'g'risi farg'onaliklar tomonidan ko'rsatilayotgan o'yin ko'pchilikda qiziqish uyg'otayotgan edi.
Shu boisdan "Oq-tepa" - "Neftchi" o'yinini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurdik. "Neftchi" uchun kubok kerak emas edi deb aytmagan bo'lardim. Jamoa asosiy tarkibdan 5 nafar futbolchini zaxirada qoldirdi. Murod Ismoilov zaxira o'rindig'ida o'tirgan futbolchilar bilan ham g'alaba qozona olaman deb o'yladi. Chetdan qaraganda "Bunyodkor" bilan o'yin oldidan birinchi liga vakiliga qarshi hamma jamoa ham shunday qarorga kelishi aniq. Ismoilovda kecha bitta xato bo'ldi, u ham bo'lsa darvozabon tanlashda. Kiritilgan gollarni bugun kun davomida saytga qo'yishga harakat qilamiz. Berilgan zarba darvoza to'ridan joy olaverdi. Gollar ham bir-biridan chiroyli bo'ldi. 


Agar kubok "Neftchi"ga kerak bo'lmaganida, birinchi bo'limni o'zidayoq Abbosbek Maxsitaliev o'yinni kuchaytirish uchun maydonga tushmagan bo'lardi. Qisqa qilib aytganda, kecha "Oq-tepa"ning kuni edi.Bu o'yinni yana bir e'tiborli tomoni shunda bo'ldik-ki, "Neftchi" va "Oq-tepa" safida bir necha nafar paxtakorchilar harakat qilganlari bo'ldi."Oq-tepa"da Farhod Miraahmatov, Jaloliddin Saidov, Sergey Rekun, Temur hakimov va Abdul Aziz Yusupov harakat qilgan bo'lsalar, "Neftchi" safida Abdulloh Olimov, Muhsinjon Ubaydullaev va Abbosbek Mastaliev to'p tepdilar. Bularning bari 1993/94 yilda tug'ilgan futbolchilar edi.




Temur Hakimov va Abbosbek Maxstaliev endi qarama-qarshi jamoalarda to'p tepyatilar. Kechagi o'yinda omad ulardan birinchisiga kulib boqdi.




Hisob 4:0 ko'rinish olganidan keyin futbolchilar selfiga tushyaptilar, albatta bu pantomima...




Sobir Usmonxo'jaev hakam tomon aytgan gaplari uchun qizil kartochkaga munosib ko'rildi. Sardor Rahmonov esa "Oq-tepa" a'zosini kalla qo'yib yiqitganini esa qanot hakamlari ham bosh hakam ham bee'tibor qoldirdi. Aslida ikki jamoa a'zosiga ham bittadan qizil kartochka berish lozim edi.




Rahmonovni qizishib ketganini ko'rgan Ismoilov qizil olmasin degan maqsadda uni darhol almashtirdi. Bu vaziyatda "Oq-tepa" muxlislari Rahmonov tomonidan amalga oshirilgan vaziyat uchun izoh so'rayaptilar.




O'yindan keyin esdalik uchun surat...


Nodirxo'ja Yuldashev


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia