"Oq-tepa" "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berdi
04 jan 2015 17:50
Yangiliklar


"Oq-tepa" "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berdi
“Lokomotiv”ga qarshi o'yin “temiryo'lchilar”ning g'alabasi bilan yakunlandi. Tajriba bobida ustun bo'lgan mehmonlar har bir bo'limda ikkitadan gol urishdi. Bellashuv yakunlanishi arafasida vakillarimiz mehmonlar darvozasini bir bor ishg'ol qilib, hisobni bittaga qisqartirishdi. Jamoamiz navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 14 yanvar kuni “Qizilqum”ga qarshi o'tkazadi.
Nazorat uchrashuvi
“OQ-TEPA” – “LOKOMOTIV” - 1:4 (0:2)
4 yanvar. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
“Oq-tepa”:
Islom Yoqubov, Nodir Teshaboev (Abdumavlon Tursunov; Farrux Yo'ldoshev),
Akbar Sattaev, Mahsud Hayitov (Jaloliddin Saidov), Marat Qudratov (SHarof
Hayitboev), Suhrob Sarimsoqov (Zokir Mirzaahmedov), Zafar Qoraqulov
(Ildar Magdeev), Muhammadjon Rasulov (Sobir Usmonxo'jaev), Maruf
Ahmadjonov (Jasur Saidov), Sardor Ahmadaliev (SHohruh Pirnazarov), Sardor
Soibov (Vladislav Pavlovskiy).
Gollar:
Aleksandr Geynrix, 4 – 0:1. Aleksandr Geynrix, 15 – 0:2. Sanjar
SHoahmedov, 50 – 0:3. Doniyor Usmonov, 65 – 0:4. Vladislav Pavlovskiy, 78 –
1:4.

Fikrlar