So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  1 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  6 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

"Oq-tepa": Jamoamiz og'ir judolikka uchradi Yangiliklar

"Oq-tepa": Jamoamiz og'ir judolikka uchradi

Bugun erta tongda "Oq-tepa" jamoasi og'ir judolikka uchradi.

Klubni tashkil topishidan boshlab shu darajaga chiqishida munosib tarzda xizmat qilgan, jamoada turli yillarda turli lavozimlarda faoliyat ko'rsatgan Farhod aka Abdurasulov bugun erta tongda yurak xuruji tufayli 51 yoshida vafot etdi.

Umrini futbolga bag'ishlagan inson
Farhod Abdurasulov butun umrini futbolga bag'ishlagan. O'z vaqtida ajoyib himoyachi bo'lgan Farhod aka jismonan baquvvat bo'lib, futbolchilik davrida hujumchilarning haqiqiy “dushmani” edi. Butsasini mixga ilgach, murabbiylik sohasini tanlagan sobiq himoyachi o'zbek futboliga bir qator futbolchilarni tarbiyalab berdi.

MA'LUMOT UCHUN
FARHOD ABDURASULOV
Tug'ilgan sanasi:
12.01.1964 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
Futbolchilikdagi ampluasi: himoyachi
“Spartak” va “CHig'atoy” futbol maktablari tarbiyalanuvchisi.
Birinchi murabbiylari: Maruf Akbarov, Sergey Arutyunov.
O'ynagan jamoalari: “Sohibkor” (Xalqobod, 1981-1986 yillar), “Xonqa” (Xorazm, 1987-1988 yillar), “Diyonat” (Toshkent, 1989-1990 yillar), “Atlaschi” (Marg'ilon, 1991-1992 yillar), “CHirchiq” (1993-1994 yillar), “Rohat” (Qibray, 1995-1997 yillar), “SHayxontohur” (o'ynovchi murabbiy, 1997-1999 yillar).

2000 yildan buyon “Oq-tepa” jamoasida faoliyat ko'rsatib kelgan edi. Ortda qolgan yillar davomida klubda jamoa boshlig'i, mamuri, bolalar futbol maktabi direktori, murabbiyi va bosh murabbiyi lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. “B” va “S” licenziyasi bor.
SHogirdlari: SHahzod Nurmatov (“Metallurg”), Alisher SHog'ulomov (“Olmaliq”), Berumiy Abdunabiev (“Oq-tepa”), Nikita Pavlenko (“Olmaliq”), Sardor Qobuljonov (“Buxoro”), Umid Zufarov.

1964 yilning 12 yanvarida Toshkent shahrida tug'ilgan Farhod Abdurasulov futbolning ilk sir-asrorlarini dastlab o'sha vaqtlarda mashhur bo'lgan, poytaxtimizning CHorsu dahasida joylashgan “Spartak” futbol maktabida Maruf Akbarovdan o'rgangan. Keyinchalik tahsilni “CHig'atoy” futbol maktabida davom ettirgan. Bu dargohda Sergey Arutyunov, Vilgelm Qahharov singari murabbiylar qo'l ostida shug'ullangan. Farhod Abdurasulovning futbolchilik faoliyati ancha erta boshlangan. 17 yoshida Xalqobodning “Sohibkor” jamoasiga qabul qilingan qahramonimiz 5 yil davomida mazkur klub libosida to'p surgan. 1987-88 yilgi mavsumlarda esa, Xorazmning “Xonqa” klubi sharafini himoya qilgan himoyachi keyingi ikki yilni Toshkentga qaytib, Ravshan Usmonxo'jaev murabbiyligidagi “Diyonat” jamoasida o'tkazdi. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida “Atlaschi” bilan ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Qahramonimiz marg'ilonliklar bilan oliy ligaga chiqish vazifasini bajarishdi, ammo Farhod akaga kuchlilar safida to'p surish nasib qilmadi, chunki himoyachiga “CHirchiq”dan taklif bo'lgan edi. Ikki mavsum chirchiqliklar safida o'ynagan futbolchi 1995 yil “Rohat”ga ko'chib o'tdi. Futbolchilik faoliyatining so'nggi yillarida esa, “SHayxontohur” jamoasida o'ynovchi murabbiy bo'ldi. 2000 yil butsasini mixga ilgan qahramonimiz o'sha yili “Oq-tepa” futbol klubida direktor lavozimida faoliyat ko'rsata boshladi. Qolaversa, jamoa qoshidagi maktabda bolalarga millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini o'rgatib keldi. Murabbiylikning dastlabki yillarida shug'ullantirgan bolalarning aksari bugungi kunda oliy liga jamoalarida o'ynab kelmoqda. Xususan, Alisher SHog'ulomov, Berumiy Abdunabiev, Nikita Pavlenko, SHahzod Nurmatov, Umid Zufarov va Sardor Qobuljonov Farhod Abdurasulovning shogirdlaridir. Farhod Abdurasulov so'nggi vaqtlarda “Oq-tepa” jamoasi mamuri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Jamoaning barcha yaxshi-yomon kunlarda klubning kelajagiga ishonib, o'z mehnatlari bilan hissa qo'shgandi. Asosiy orzularidan biri – o'g'li Berumiy Abdunabievni taniqli futbolchi bo'lib etishishi va “Oq-tepa”ni oliy ligada ko'rish edi. Afsus...

“Oq-tepa” futbol klubi rahbariyati Farhod Abdurasulovning oila azolariga chuqur hamdardlik bildiradi. O'lim haq, uning oldida ojizmiz. Farhod akaning oxiratlari obod bo'lsin!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика