“Oq-tepa”. Jamoamiz 14 noyabrdan mashg'ulotlarni boshlaydi
11 noy 2015 14:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/188306_original.jpg)
![](/upload/storage/188306_220.jpg)
“Oq-tepa”. Jamoamiz 14 noyabrdan mashg'ulotlarni boshlaydi
7 noyabr kuni O'zbekiston Birinchiligidagi ishtirokini “Xorazm”ga qarshi safardagi o'yin bilan yakunlagan jamoamiz bir haftalik tanaffusga chiqdi.
7 noyabr kuni O'zbekiston Birinchiligidagi ishtirokini “Xorazm”ga qarshi safardagi o'yin bilan yakunlagan jamoamiz bir haftalik tanaffusga chiqdi.
Xabaringiz bor, mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlagan “Oq-tepa” oliy ligada 15-pog'onadan joy olgan jamoa bilan o'tish o'yinida oliy liga yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. PFL hozircha mazkur uchrashuvni qachon va qaerda o'tkazilishiga oydinlik kiritgani yo'q. SHunday bo'lsa-da, jamoamiz mazkur o'yinga jiddiy hozirlik ko'rishni maqsad qilgan.
Hozirgi rejaga ko'ra, jamoamiz 14 noyabrdan o'tish o'yiniga tayyorgarlikni boshlaydi. O'tish uchrashuvining sanasi malum bo'lgach, vaziyatga qarab o'rtoqlik o'yini ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar