“Oq-tepa”. Jamoamiz 14 noyabrdan mashg'ulotlarni boshlaydi

Aslanov Jasurbek
11 noya 2015, 14:10
7 noyabr kuni O'zbekiston Birinchiligidagi ishtirokini “Xorazm”ga qarshi safardagi o'yin bilan yakunlagan jamoamiz bir haftalik tanaffusga chiqdi.

7 noyabr kuni O'zbekiston Birinchiligidagi ishtirokini “Xorazm”ga qarshi safardagi o'yin bilan yakunlagan jamoamiz bir haftalik tanaffusga chiqdi.

Xabaringiz bor, mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlagan “Oq-tepa” oliy ligada 15-pog'onadan joy olgan jamoa bilan o'tish o'yinida oliy liga yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. PFL hozircha mazkur uchrashuvni qachon va qayerda o'tkazilishiga oydinlik kiritgani yo'q. Shunday bo'lsa-da, jamoamiz mazkur o'yinga jiddiy hozirlik ko'rishni maqsad qilgan. 

Hozirgi rejaga ko'ra, jamoamiz 14 noyabrdan o'tish o'yiniga tayyorgarlikni boshlaydi. O'tish uchrashuvining sanasi ma'lum bo'lgach, vaziyatga qarab o'rtoqlik o'yini ham o'tkazilishi rejalashtirilgan. 


 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.oq-tepa.uz