“Oq bo'rilar” jismoniy imtihondan o'tishdi
05 avg 2019 18:13
Yangiliklar


“Oq bo'rilar” jismoniy imtihondan o'tishdi
PRO-Liga “A” guruhida ishtirok etayotgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi futbolchilari 3 avgust kuni jismoniy tayyorgarlik bo'yicha imtihon topshirishdi.
Sinovlarni O'zbekiston Futbol Associaciyasining etakchi mutaxassisi Sobirjon Pirnazarov qabul qildi.
O'z o'rnida shuni aytib o'tish joiz, turli darjada jarohatlangan bazi bir futbolchilardan tashqari Sergey Kovshov shogirdlari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yaxshi natijalar ko'rsatishdi.
Uzrli sabablarga ko'ra sinovlardan o'tmaganlarga kelsak, bizga malum bo'lishicha, PRO-Liga “A” guruhining 7 avgust kuni bo'lib o'tadigan navbatdagi 14-tur uchrashuvlaridan keyin ularga qayta topshirish imkoniyati beriladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar