So’nggi yangiliklar

11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  18 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3

Omar Xrbin 50 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi Yangiliklar

Omar Xrbin 50 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi

OFK tartib-intizom qo'mitasi bazi klub hamda futbolchilarga solingan jarimalar bo'yicha qaror qabul qildi.

Xususan, qarorga ko'ra "Al Hilol" klubi hujumchisi Omar Xrbin uch marta jurnalistlarga intervyu berishdan bosh tortgani uchun jami 50 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. U dastlab "Persepolis" - "Al Hilol" o'yinida intervyu berishdan bosh tortgan.

SHu bois avvaliga 10 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi. Keyinchalik bu holat final bahslarida yana ikki bor takrorlandi. Natijada 20 mingdan 40 ming dollar jarima solindi. Jami futbolchi 50 ming dollar to'laydigan bo'ldi.

Bundan tashqari, "Al Hilol" klubining boshqa futbolchilari - Salim Al Dovsari bilan Osama Xavsavi ham 10 ming dollardan jarimaga tortilishdi. Ular ham intervyu bermasdan ketib qolishgan. "Al Hilol" klubining o'zi esa jami 74 ming dollar to'laydigan bo'ldi.

Bunga sabab:

1. Klub futbolchisi intervyu bermagani uchun - 10 ming dollar. (Yarim final)

2. "Al Hilol" - "Urava Reds" o'yini paytida muxlislar maydonga har xil buyumlar otgani hamda futbolchilar ko'ziga lazer tushirgani uchun - 15 ming dollar.

3. O'yindan oldingi rasmiy mashg'ulot o'z vaqtida boshlamagani uchun - 4 ming dollar. (Final, birinchi o'yin)

4. Klub o'z futbolchilarini intervyu berishga ko'ndirmagani uchun - 20 ming dollar. (Final, birinchi o'yin)

5. Klub o'z futbolchilarini intervyu berishga ko'ndirmagani uchun - 25 ming dollar. (Final, javob o'yini)

SHuningdek, OFK Kubogida qatnashgan Tojikistonning "Istiqlol" klubiga 16 ming dollar miqdorida jarima solindi. Bunga sabab o'yin paytida tojikistonlik muxlislar to'siqlardan sakrab o'tgan holda maydonga tushib ketishga harakat qilishgan va projektorlar ustiga chiqmoqchi bo'lishgan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика