So’nggi yangiliklar

14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  2 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  7 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  18 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  6 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  5 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2

Omar Momanidan yangi karikatura: Levandovski Immobile, Verner, Xoland, Ronaldu va Messidan ancha ilgarilab ketdi Yangiliklar

Omar Momanidan yangi karikatura: Levandovski Immobile, Verner, Xoland, Ronaldu va Messidan ancha ilgarilab ketdi

Omar Momanining yangi ishini taqdim etamiz.

Bundesliga 30-turida peshqadam "Bavariya" mehmonda "Bayer"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda myunxenliklarning to'rtinchi goliga Robert Levandovski mualliflik qildi. Ushbu gol polshalik uchun mavsumdagi 30chisi bo'ldi. SHu tariqa, Robert "Oltin butsa" uchun poygada yaqqol peshqadamlikni mustahkamladi.

Eslatib o'tamiz, ligalardagi koefficientlar har xil ko'rinishda: top-5 ligadagi har bir golga 2 ochko beriladi, biroz kuchsizrog'ida esa 1,5 ochko, masalan, Estoniya chempionatida 1 golga 1 ochko hisoblanadi.

"Oltin butsa" uchun poygada qatnashayotganlar:
1. Robert Levandovski ("Bavariya" (Myunxen), 30 gol × koefficient 2.0 = 60 ochko);
2. CHiro Immobile ("Lacio" (Rim), 27 × 2.0 = 54);
3. Timo Verner ("RB Leypcig" (Leypcig), 25 × 2.0 = 50);
4. Erling Xoland ("RB Zalcburg" (Zalcburg) / "Borussiya" (Dortmund) — 16 × 1.5 + 10 × 2.0 = 44);
5. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus" (Turin), 21 × 2.0 = 42);
6. Lionel Messi ("Barselona" (Barselona), 19 × 2.0 = 38);
7. Jeymi Vardi ("Lester" (Lester), 19 × 2.0 = 38*);
8. Kilian Mbappe (PSJ (Parij), 18 × 2.0 = 36);
9. Vissam Ben-Yedder ("Monako" (Monako), 18 × 2.0 = 36);
10. Romelu Lukaku ("Inter" (Milan), 17 × 2.0 = 34)

* — Agar bir necha nafar o'yinchi bir xil ochko to'plasa, u holda ro'yxatdagi o'rinlar ularning har bir o'yinda urgan o'rtacha gollariga qaraladi. Masalan, 20ta golni 30ta o'yinda kiritgan futbolchi, xuddi o'shancha golga 32ta uchrashuvda mualliflik qilgan o'yinchidan yuqorida joylashadi.


Levandovski - "Oltin butsa" uchun poygada etakchi



Eslatib o'tamiz, "Oltin butsa"ning amaldagi g'olibi "Barselona" etakchisi Lionel Messi hisoblanadi. Argentinalik 2019 yilda ushbu sovrinni ketma-ket uchinchi bor, faoliyati davomida esa oltinchi bor qo'lga kiritgandi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика