Omar Al Soma "Al Ahli" bilan yangi kelishuvga erishdi
13 jan 2021 14:27
Yangiliklar


Omar Al Soma "Al Ahli" bilan yangi kelishuvga erishdi
Suriyalik hujumchi faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettirayotganidan xabaringiz bor.
To'rt marta Saudiya Arabistoni chempioni bo'lgan "Al Ahli" jamoa etakchisi va sardori Omar Al Soma bilan yangi shartnoma imzoladi. Ushbu shartnoma 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
2014 yildan beri Jidda klubida to'p tepayotgan 31 yoshli hujumchi 2015-2016 yilgi mavsumlarda "Al Ahli"ning chempion bo'lishida katta yordam bergandi. U Saudiya Pro ligasida eng ko'p gol urgan xorijlik futbolchi hisoblanadi.
Al Soma JCH-2022 saralash bosqichida ham to'purar bo'lib turibdi. Uning hisobida 5ta o'yinda 7ta gol bor. Ushbu hujumchi Saudiya klubiga kelguniga qadar Quvaytning "Al Qodisiya" jamoasida o'ynab, ikki bor mamlakat chempioni bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar