So’nggi yangiliklar

00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  4 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  6 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0

Omadli muxlis: "Paxtakor"dan chempionlikni kutib qolaman Yangiliklar

Omadli muxlis: "Paxtakor"dan chempionlikni kutib qolaman

Teglar :  PaxtakorNavbahor
"Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvida avtomobil yutib olgan inson bilan suhbat.


28 aprel kuni bo'lib o'tgan "Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvi tanaffus vaqtida o'tkazilgan "Omadli muxlis" akciyasida poytaxtlik Farhod Ummatov asosiy sovrin "Damas" avtoulovi sohibiga aylandi. Vaziyatdan foydalanib, bu inson bilan suhbat uyushtirdik.

Farhod Ummatov ("Omadli muxlis" akciyasi g'olibi) : - Yoshim 55 da. 30 yildan ortiq vaqt davomida "Paxtakor"ga muxlislik qilaman. Imkon bo'lgan vaqtlarda sevimli jamoamni stadionga kelib quvvatlash menga odat bo'lib qolgan. To'g'risini aytsam, bunday akciyalarga ishonmasdim, lekin 28 aprel kuni ham qo'shnim bilan futbol haqida suxbatlashib qoldim. Gapni ko'paytirmasdan suhbatimizni "Paxtakor" stadionida davom ettirish taklifi ikkimizga manzur keldi va stadionga yo'l oldik. O'zim "Paxtakor" stadionidan uzoq bo'lmagan joyda istiqomat qilaman.

Qo'shnim o'tgan uchrashuvda "Omadli muxlis" akciyasida ishtirok etgani va undan 5 qadam uzoqroqda turgan inson "Damas" avtoulovni yutib ketganligini ko'p gapirdi. Stadionga kelishning asosiy sababi futbol, lekin klub tomonidan muxlislar uchun yaratilgan imkoniyat tahsinga loyiq. Endi o'z mashinamni  farzandimga berib, bu "Damas"ni o'zim haydayman. Vaziyatdan foydalanib, "Paxtakor"ga omad tilab qolaman.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика