Oltita jamoa Evro-2024ga deyarli chiqib bo'ldi. Barcha guruhlardagi vaziyat (Tahlil)
13 sen 2023 13:41
Yangiliklar
Oltita jamoa Evro-2024ga deyarli chiqib bo'ldi. Barcha guruhlardagi vaziyat (Tahlil)
Evro-2024 saralash bahslarining guruh bosqichining ekvatoriga ham etib keldik. Hozircha Germaniya (musobaqa mezboni)dan tashqari hech kim final bosqichiga yo'llanmani naqd qilgani yo'q. Biroq SHotlandiya, Franciya, Angliya, Belgiya, Avstriya va Portugaliya o'z guruhlarida katta imkoniyatga egalar. Hozir 10 ta guruhdagi holat haqida fikr bildirib o'tamiz.
A — guruhi. Bu erda dastlabki ikki o'rinni egallaydigan jamoalar deyarli aniq
Kutilganidek, Ispaniya ancha o'ziga kelib oldi. Sentyabr oyidagi saralash bahslarida Gruziya (7:1) va Kipr (6:0) hisobida mag'lub etilganidan so'ng ispanlar turnir jadvalining 4-pog'onasidan 2-o'ringa ko'tarilib oldi. SHuningdek, “Qizil furiya” raqiblaridan bitta kam o'yin o'tkazgan. Oktyabr oyida ular guruhdagi asosiy raqiblari SHotlandiya va Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi. Aynan shu bahslardan so'ng A guruhidan deyarli kimlar kelasi yil Germaniyaga borishlari aniq bo'ladi.
B — Guruhi. Niderlandiya bir hafta ichida 2 pog'onaga ko'tarilib oldi
Guruh etakchisi Franciya sentyabr oyida faqatgina Irlandiyaga qarshi maydonga tushdi va qiyinchiliksiz g'alaba qozondi. Francuzlar hozircha guruhda 100 foizlik natija qayd etmoqda. Ulardan keyingi o'rinlarda Niderlandiya va Greciya ketmoqda. Niderlandiya bir hafta avval turnir jadvalida 4-o'rinda edi. Biroq ular shu bir hafta ichida guruhdagi asosiy raqiblari Greciya va Irlandiyani mag'lub etdi va 2-pog'onaga ko'tarilib oldi. Hozircha ularning ochkolari Greciya bilan bir xil, biroq “Lolalar yurti”ning zaxirasida bitta o'yin bor.
C — Guruhi. Spallettining debyuti juda omadsiz bo'lishi mumkin edi
Angliya Ukraina bilan durang o'ynaganiga qaramasdan, guruhda ancha yaxshi holatda. Bu guruhda bir yo'lla uchta terma jamoa ikkinchi o'rin uchun kurashadi. Italiya Ukraina va SHimoliy Makedoniyaga nisbatan yaxshiroq holatda. Ularda bitta zaxira o'yin ham bor. Spalletting debyuti biroz qiyin o'tgan bo'lsada, ular 2 ta turda 4 ochko olishga erishdilar.
D-Guruhi. Xorvatiya katta “sakrash” qildi
Bundan bir hafta avval ushbu guruhda Xorvatiya terma jamoasi to'rtinchi edi. Biroq, Dalich jamoasi Latviya va Armanistonni mag'lub etganidan so'ng guruh etakchisiga aylanib oldi. SHuningdek, ularda bitta plyus o'yin bor. Ikkinchi o'rin uchun Turkiya va Armaniston o'zaro raqobat qilish ehtimoli yuqori. SHuningdek, Uelsni ham esdan chiqarmagan maqul.
E-Guruhi. Polsha terma jamoasi muvaffaqiyatsizlikka juda yaqin
O'tgan yili polyaklar JCH-2022 da yaxshi ishtirok etib, guruh bosqichidan chiqqandi. Endi esa kelasi yil bo'lib o'tadigan Evrodan quruq qolishlari mumkin. Guruh bosqichining yakuniga uchta tur qoldi. Hozircha ular 6 ochko bilan 4-o'rinda. Ular sentyabrda Farer orollarini mag'lub etishdi va guruh etakchisi albanlarga mag'lub bo'lishdi.
F - guruhi. Barchasi deyarli hal bo'lgan guruh
Bu erda deyarli barchasi hal desa bo'ladi. Besh tur yakuniga kelib, Avstriya va Belgiya 13 tadan ochko to'plagan holda guruhda etakchilik qilishmoqda. Uchinchi o'rindagi SHveciyada esa ochkolar soni 6 ta.
G-Guruhi. Kelasi oy Serbiyaning taqdiri hal bo'lishi mumkin
Ushbu oyda guruhning asosiy bahsida Vengriya Serbiya maydonida g'alaba bilan qaytdi. Kelasi oy esa Serbiya Budapeshtga boradi. Umuman olganda, kelasi oy Serbiya uchun juda muhim. Sababi oktyabrda serblar asosiy raqiblari Vengriya va CHernogoriyaga qarshi maydonga tushadi. Ular kelasi oy guruhda birga ko'tarilib olishlari yoki uchinchi o'ringa tushib ketishlari mumkin.
H-Guruhi. Qo'shnilarimiz sensaciya qila olishadimi
Qo'shnilarimiz sentyabr oyida Finlyandiyaga mag'lub bo'lishdi, biroq SHimoliy Irlandiyani mag'lub etib, ochkolar sonini 12 taga etkazib olishdi. Qozoqlar tarixda ilk bor Evropa chempionati saralash bahslarida shuncha ochko to'plashga erishdilar. Guruhda Daniya va Sloveniya 13 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda. Qozog'iston va Finlyandiyaning hisobida 12 tadan ochko bor. Aynan shu to'rt jamoa kelasi yil bo'lib o'tadigan Evro-2024 uchun beriladigan 2 ta yo'llanma uchun kurashadi. Bu jamoalar orasida eng qiyini Sloveniyaga qarshi bo'lishi mumkin. CHunki aynan ularda San-Marinoga qarshi bahs yo'q.
I-Guruhi. SHveycariyada birda, Ruminiya esa ikkinchi o'rinda
Centyabr oyidagi kalendar bo'yicha Belorussiya termasida imkoniyatlar yaxshi edi. Ular buning uchun Andorra va Isroilni mag'lub etishlari talab etilardi. Biroq har ikki bahsda ham MDX vakili g'alaba qozona olmadi va o'z imkoniyatlarini deyarli yo'qotdi. Germaniya mezbonlik qiladigan Evropa chempionati yo'llanmasi uchun ushbu guruhda SHveycariya, Ruminiya va Isroil kurash olib boradi.
J-Guruhi. Portugaliya saralashdagi eng yaxshisi
JCH-2022 saralashidan qiyinchilik bilan final bosqichiga yo'l olgan Portugaliya Evro-2024 saralashidan qiyinchiliksiz harakat qilmoqda. Oltita bahsda barchasi g'alaba va gollar nisbati 24-0. SHuningdek, faqatgina Ronaldu jamoasi uchinchi o'rindagi jamoadan 8 ochko o'tib ketgan. Ikkinchi yo'llanma uchun Slovakiya va Lyuksemburg o'zaro bahs olib boradi.
Fikrlar