So’nggi yangiliklar

23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  2 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  12 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  22

Ettita futbol klubiga nisbatan legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi qo'yildi Yangiliklar

Ettita futbol klubiga nisbatan legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi qo'yildi

Teglar :  O'FA
Mazkur masala Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaning 2021 yil 5 fevral kunidagi yig'ilishida ko'rib chiqildi.

O'zbekiston futbol associaciyasiga 2021 yil 4 fevral kuni O'zbekiston Professional futbol ligasidan ayrim futbol klublari tomonidan 2019-2020 yilgi mavsumlarda legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazganlik uchun to'lov to'lanmagani, ushbu masalani O'FAning tegishli qo'mitasida ko'rib chiqilishi bo'yicha murojaat xati kelib tushgan edi. 

Qo'mita yig'ilishida taqdim etilgan hujjatlar asosida O'zbekiston professional futbol klublari uchun “2020 yilgi Musobaqalarni o'tkazish reglamenti”ning 6.27-bandiga muvofiq, legioner futbolchi xizmatidan foydalanayotgan klub yilda bir marta legioner futbolchini ro'yxatdan o'tkazganlik uchun to'lov amalga oshirishi belgilangani, mazkur reglamentning 6.28-bandida legioner futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lov amalga oshirilmagunicha, legioner futbolchi ro'yxatdan o'tkazilmasligi qayd qilingani, og'ir kelgan 2020 yilgi mavsumda ayrim futbol klublariga istisno tariqasida to'lovlarni kechiktirib to'lash uchun O'zPFL tomonidan ruxsat berilgani, o'tgan davr mobaynida oltita futbol klublariga legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan to'lovlarni to'lash bo'yicha bir necha marotaba yozma va og'zaki ogohlantirish berilganiga qaramasdan, ushbu to'lovlar to'liq to'lanmasdan kelinayotgani aniqlandi.

Qo'mita azolari o'zaro muhokamalardan so'ng 2019-2020 yilgi mavsumlarda legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan to'lovni amalga oshirmagani uchun «Nasaf», «So'g'diyona», «Bunyodkor», «Surxon», «Qo'qon-1912», «Buxoro», «Oqtepa» futbol klublariga 2021 yilgi mavsum uchun legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilindi.

Bunda futbol klubi tomonidan legioner futbolchi hamda xorijlik mutaxassislarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha vujudga kelgan qarzdorlik to'liq bartaraf etilgan taqdirda 2021 yilgi mavsumda legionerlarni ro'yxatdan o'tkazishga qo'yilgan taqiq olib tashlanishi belgilab qo'yildi.

SHuningdek, “Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglament” qoidalaridan kelib chiqib, legioner futbolchi yoki xorijlik mutaxassis bilan 5 fevral sanasigacha 1 oy muddat ichida imzolangan mehnat shartnomalari O'zPFL ro'yxatidan o'tkaziladi, biroq qarzdorlik bartaraf etilmaguncha, mazkur futbolchi yoki xorijlik mutaxassisning musobaqada ishtirok etishi uchun licenziya taqdim etilmaydi. 

Bunda legioner futbolchi yoki xorijlik mutaxassis bilan 5 fevral sanasigacha bo'lgan 1 oy muddat ichida imzolangan mehnat shartnomalari borasida har qanday noto'g'ri malumot taqdim etish jiddiy sankciyalarga olib kelishi muqarrarligi to'g'risida futbol klublari rasman ogohlantirildi.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика