So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  4 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Oltinga teng sukut yoki Noyer va Buffon soyasidagi darvozabon Yangiliklar

Oltinga teng sukut yoki Noyer va Buffon soyasidagi darvozabon

Evro finali oldidan hamma Grizmann va Ronaldu haqida gapirdi, ammo Franciyada yana bir etakchi bor edi-ki, doimo negadir kimlarningdir soyasida qolib ketadi, haqiqatda esa u hech qachon uyaltirib qo'ymagan.

SHunday sardorlar bo'ladiki, ular etakchi bo'lib tug'ilishadi, jamoani maydonga boshlab chiqishadi, kapitanlik bog'ichini esa haqiqatanam hammadan yaxshi o'ynaganliklari uchun bog'lab olishadi. Ulardan biri Portugaliya termasini Evro-2016 finaliga boshlab tushdi (Krishtianu Ronaldu haqida qanchalik ko'p gapirishmasin, bugun uning o'yinlari ilgargidek emas). Yana shunday kapitanlar ham borki, ularning timsolida mag'rurlik mujassam, vatanidan faxrlanish bor - xuddi islandiyalik Aron Gunnarsson kabi. Yana shundaylar ham borki, kiyim almashtirish xonasida murabbiylardan ham ko'ra qattiqroq gapirishadi, qo'llariga ilingan narsani irg'itishadi, elparchin etishadi. Ugo Lorisga o'xshaganlargaesa, bularning hech biri xos emas.

Angliyada Lorisning xarakteri to'g'risida Guardiandagi hamkasbimizga aytishgan gaplardan xulosa qilish mumkinki, Ugo Tottenxem  afsonasi - Denni Blenchflauergao'xshashni istaydi. SHporlar 1961 yili chempionlik va Angliya kubogini qo'lga kiritishganida, This Is Your Life teleshousi prodyuserlari jamoa kapitaniga jonli efirda beriladigan butun boshli ko'rsatuvni bag'ishlamoqchi bo'lishadi. Ammo  Blenchflauer bu taklifni juda sovuq kutib oldi - jurnalistlarga qarab qo'ydida, bir chetga chiqib ketdi. Agarda shunday shouda Loris ishtirok etganida uning bu g'oyaga munosabati bundan-da sovuq bo'lishi aniq edi. U telekameralar oldida o'zini noqulay sezadi, jurnalistlar bilan muloqotlarda qiynaladi. Ugo Loris so'nggi intervyusida ham bor-yo'g'i 5ta savolga javob bergan bo'lsa-da, ularning hech biriga atroflicha javob qaytarmagan. Eng qizig'i, u bilan qilingan suhbatlarning barchasi yo o'yin oldidan yoki keyin uyushtirilgan. Ugo - kamgap, uyatchan bola va doimo shunday bo'lib kelgan, - deydi Loris o'qigan maktabning tarix va geografiya fani o'qituvchisi Fransuaz Bokser. - U hayajonga beriluvchan. Biroq ishini bilib qiladi, to'g'ri, maktabda alochi emasdi, ammo uni qoloqlar safiga ham qo'shib bo'lmasdi. Ugoni ilk  bor televizor ekranida ko'rganimda u o'zgarmaganini sezdim: maktab davridagiday xotirjam, o'zini qo'lga olgan, o'ychan.

Loris - chindan ham kamgap kapitanlar sirasidan, ammo Franciyaga hozir aynan shundaylar kerak. 2010 yili Ugo uchranglilar darvozasini qo'riqlaganida kattagina muammo markazida qolgandi: Anelka Domenekni haqoratladi, Evra mashg'ulotlarga nisbatan boykot elon qilish uchun jamoada norozilik muhitini paydo qildi - terma tarixida bundayin tartibsizliklarhech qachon bo'lmagandi. O'shanda aynanPatris Evra kapitan edi, ammo uning adolat uchun kurashidan keyin yangi sardor tayinlashga qaror qilishdi -  barchada o'ziga ishonch va xotirjamlik paydo bo'lsin. O'shanda Ugo Lorisni - Franciya termasiga kelganiga endigina 2 yil bo'lgan yigitni tanlashdi.

Loris darvozada xuddi OAV xodimlari va jamoadoshlari bilan muloqot qilganday turadi. Ugoning his-hayajonga berilganini yoki asablari buzilganini aslo ko'rmaysiz. Zero, hayotidagi eng og'ir uchrashuvni u 21 yoshidayoq o'ynab bo'lgandi. Aynan o'shanda - u Niccada ilk qadamlarini qo'yayotgan paytda, onasi saratondan vafot etganini aytishdi. Murabbiy Frederik Antonetti esa Ugoga Lillga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishni taklif qildi, biroq Loris rad javob qaytararkan, onasi xotirasi uchun ham bugun o'yinga tushishi shartligini aytdi - aynan volidasi unga Manchester Yunayted sharfini sov-g'a qilganida hayotidagi eng katta o'zgarishga sababchi bo'lgandi. O'sha o'yinda Ugo darvozasi quruqligini saqlab oldi.

Doimo shunaqa, Loris hech qachon himoyachilarga ovozini ko'tarmaydi, ajoyib seyvlaridan xursand bo'lish ham unga yot. Ajoyib reakciyasi esa tasavvur ham qilib bo'lmaydigan to'plarni qaytarishda namoyon. Ugo  o'yinni bahsning o'zidayoq analiz qilib boradi, xatolariga barham berishga intiladi. Videodagi tahlillar unga begona - doimo xotirjam, o'ziga ishongan posbonga bularning keragi yo'q. Ammo o'ta kamtar ko'ringan Loris - tavakkalchi darvozabon ham. U Manuel Noyer kabi agressiv o'yin ko'rsatibgina qolmasdan, zamonaviy trenddan orqada qolmaslikka intiladi, Tottenxemdan boshlab  Franciya terma jamoasi safida harakat qilganida jarima maydonini tez-tez tashlab chiqadi, podkat qilishga urinadi, aniq to'p uzatishlarni ham amalga oshiradi. O'yin jarima maydoniga kelguncha kutishni yoqtirmaganimdan birinchi bo'lib to'pga yuguraman, barchasini nazoratimda ushlashga intilaman, - deydi Ugo. Bu bilan u mudofaaga yordam beradi, himoya chizig'ini anchayin yuqoridan o'tishini taminlaydi. SHunga qaramay, hech birimiz uning jarima maydoni tashqarisidagi o'ta qo'pol xatosini eslay olmaymiz.

Ugo Loris - hech qachon Oltin to'pga egalik qilolmaydigan darvozabonlar sirasidan (bu erda gap Krishtianu va Messi shaxsida emasligi ham bor gap). Zero, butun futbol dunyosini hayratda qoldirgancha alo darajadagi posbon bo'lish, raqibning har ikkinchi hujumidan so'ng maydon markazigacha yugurish (xuddi Manuel Noyerday), mamlakat madhiyasini barchadan yuqori kuylash va futbol eleksirini Janluidji Buffon kabi reklama qilish mumkindir, ammo boshqalardan ajralmagan holda o'z ishini alo darajada bajarish...

Loris kabilar Franciyaga kerak!

SHu tariqa barcha shon-shuhrat jamoadoshlari - Antuan Grizmann, Pol Pogba, Olive Jirularga nasib qilmoqda.  Bularning barchasiga qo'shimcha ravishda, ayrim paytlarda Loris tanib bo'lmas darajada o'zgarishi mumkinligini ham unutmaslik kerak. U kiyim almashtirish xonasiga jiddiy qiyofada kirib keladi-da, jamoadoshlariga jahl to'la ko'zlari bilan boqadi, albatta vaziyat shuni taqozo qilganida (aynan 2 yil avval u Tottenxem himoyachilarini o'zlariga xos ravishda o'ynamaganlikda ayblagandi). Yana u - jasurlik timsoli hamdir: 2013G'2014 yillar mavsumida  Romel Lukaku tizzasi bilan uning boshiga zarb bergan va Ugo bir muddat hushini yo'qotgandi. Ammo kiper o'ynashda davom etdi va tablodagi nol raqami saqlanib qolishiga erishdi. SHporlar murabbiyi Maurisio Pochettino aynan shunday poydevor ustiga chempionlar jamoasini barpo etishga qaror qilgani bejiz emas-ku, axir.

Joriy yildagi Evroda Lorisga Tottenxemdagidan ko'ra kamroq yuk tushdi, desak xato bo'lmasa kerak. Butun turnir davomida u 9 bor quqaruvchi vazifasini o'tadi - Noyerda bir bahsga 2ta, Buffon va de Xeada 2,5tadan. Ammo bularda Ugoning ham xizmati borligini unutmaslik lozim - kamgap yigit doimo himoyachilarni boshqarib turishni uddaladi, natijada, ko'pgina to'plar ungacha etib kelmadi (Koselni va hali butunlay tajribasiz bo'lgan Yumtiti va boshqa yarim himoyachilar to'pga egalik qilishdi). Himoya uning atrofida uyushgan va Franciya birinchi raqam ostida o'ynagan turnirda bu Loris uchun anchayin qulayliklarni yaratgandi. Jahonga o'z reakciyasini ko'rsatish kerak bo'lganida esa Ugo buni yana bir karra uddalay bildi - haqiqiy kapitanlarga xos yana bir xususiyat.

Ugo Loris karerasi davomidagi ilk finalda ham aslida yomon ko'rinmagandi. Ammo hammasi ko'pchilik muxlislar kutmagan natija bilan tugadi.  Aslida esa unga kim raqib bo'lishi - Keviyimi yoki Krishtianu o'ynaydigan Portugaliya termasimi, baribir edi. Ammo... Hamma butun bahs davomida xotirjam, o'ziga ishongan, tavakkallarga qo'rqmay boradigan  yigitni maydonda ko'rdi. Ishonamizki, Ugo Lorisning ulkan zafarlari hali oldinda.

ILYOSBEK tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика