"Oltin to'p": Qirollar. I qism (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2015, 17:38
Bir haftadan so'ng "Oltin to'p" egasining nomi aniq bo'ladi.

"Oltin to'p" bilan milliy terma jamoalar murabbiylari va sardorlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada g'olib chiqqan futbolchilar taqdirlanadi.

Ushbu sovrin "France Football" jurnali muharriri Gabriel Ano tomonidan 1956 yilda tasis etilgan. U o'shanda hamkasblaridan Yevropaning 1956 yildagi eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berishlarini so'ragan. 

2007 yilgacha "Oltin to'p" sohibi Yevropa klublaridan birida to'p tepishi zarur bo'lgan. 1995 yilgacha esa faqat yevropaliklar ushbu sovrin egasiga aylanganlar.

2007 yildan boshlab esa qoidalar o'zgargan. Aynan o'sha yildan so'ng Yevropalik bo'lmagan futbolchilar ham "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishlari mumkin bo'lgan.

2010 yildan boshlab esa "France Football"ning "Oltin to'p"i bilan FIFAning sovrini birlashtirilgan. Shundan beri FIFA va France Football yilning eng yaxshi futbolchisini birgalikda aniqlaydilar.

1956 yildan 1989 yilgacha "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan futbolchilarga atalgan posterlarni fotogalereyamizda tomosha qilishingiz mumkin.




sports.ru saytidan olindi



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia