⚡️ Oltin butsa 2022/23. Abdixoliqov kuchli uchlikda!
13 sen 2022 09:50
Yangiliklar


⚡️ Oltin butsa 2022/23. Abdixoliqov kuchli uchlikda!
U hozirga kelib musobaqada 20 uchrashuvda 20 ta gol urishga erishdi. Belarus Oliy Ligasida gol uchun 1 koefficient beriladi va hozirda u 20 ochko to'plagan holda Erling Xoland (10 gol) bilan tenglashib olgan. Kuchli beshlik chempionatlariga 2 koefficient berilgani uchun Xolandning natijasi ikka karra ortgan.
“Oltin butsa” uchun ro'yxatda “Budyo-Glimt” vingeri Amal Pellegrino etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 28,5 ochko (19 gol, 1,5 k) bor. Norvegiyalikdan keyingi o'rinda esa SHveciyaning “Xekken” klubi hujumchisi Aleksandr Eremeev ketmoqda – 21 ochko (21 gol, 1 k).
Eslatib o'tamiz, "Energetik-BGU" mavsum yakuniga qadar 10 ta uchrashuv o'tkazadi. 25 yoshli o'zbekistonlik chempionat bir mavsumi davomida gol urish bo'yicha 6-o'rindagi Pyotr Kachuro bilan tenglashib oldi.
Evropada “Oltin butsa”ning amaldagi g'olibi Robert Levandovski hisoblanadi. U o'tgan mavsum “Bavariya” safida 35 ta gol urib, 70 ochkoga ega bo'ldi.
Oltin butsa 2022/23. Ayni vaqtdagi holat:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar