Oltin butsa-2021. Messi Ronaldu bilan tenglashdi, ulardan oldinda esa Levandovski bormoqda (TOP-10)
25 fev 2021 20:50
Yangiliklar


Oltin butsa-2021. Messi Ronaldu bilan tenglashdi, ulardan oldinda esa Levandovski bormoqda (TOP-10)
Ispaniya chempionati 1-turi doirasida qoldirilgan “Barselona” – “Elche” (3:0) bahsida mezbonlar sardori Lionel Messi dublga erishdi.
Messi chempionat to'purarlari ro'yxatida “Atletiko” hujumchisi Luis Suaresdan (16) o'zib ketib, to'purarga aylandi. SHuningdek, argentinalik "Oltin butsa-2021" ro'yxatida kuchli uchlikka kirdi. U “Yuventus” azosi Krishtianu Ronaldu bilan bir xil natija ko'rsatib turibdi – 18 tadan gol.
Ulardan oldinda esa 26 to'p bilan “Bavariya” forvardi Robert Levandovski bormoqda.
O'rin | Futbolchi | gollar | ochko |
1 | Robert Levandovski ("Bavariya") | 26 | 52 |
2-4 | Lionel Messi ("Barselona") | 18 | 36 |
2-4 | Krishtianu Ronaldu ("Yuventus)" | 18 | 36 |
3-4 | Andre Silva ("Ayntraxt F") | 18 | 36 |
5-7 | Muhammad Saloh ("Liverpul") | 17 | 34 |
5-7 | Erling Xoland ("Borussiya D") | 17 | 34 |
5-7 | Romelu Lukaku ("Inter") | 17 | 34 |
8-9 | Luis Suares ("Atletiko)" | 16 | 32 |
8-9 | Kilian Mbappe (PSJ) | 16 | 32 |
10 | Brunu Fernandesh ("Man Yunayted") | 15 | 30 |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar