Oltin butsa-2020. Immobile Levandovskini quvib o'tib, etakchiga aylandi Yangiliklar

Oltin butsa-2020. Immobile Levandovskini quvib o'tib, etakchiga aylandi

Biroz oldin, Italiya chempionati 37-turidan o'rin olgan Lacio – Breshiya (2:0) bahsi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida mezbonlar hujumchisi CHiro Immobile raqib darvozasini ishg'ol etib, A Seriya joriy mavsumidagi gollari soni 35 taga etkazib oldi.

Immobile “Oltin butsa” uchun kurashda “Bavariya” azosi Robert Levandovskidan (34) o'zib ketdi va yangi yakka peshqadamga aylandi.

Ayni daqiqalarda o'z o'yinini o'tkazayotgan “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 31 ta to'p mavjud. CHempionat yakunlanishiga yana bitta tur qoldi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика