So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  18 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Olovli avgustdan kim qanday chiqdi, taqvim kimga qanday kelgandi? Yangiliklar

Olovli avgustdan kim qanday chiqdi, taqvim kimga qanday kelgandi?

Yozning chillasi, avgust oyida futbol chillasiga aylanib ketdi.

 Unda "Paxtakor", "Nasaf" va OKMK jamoalari 8 tadan o'yin o'tkazdi. "Navbahor" hisobida esa 7 ta. "Paxtakor" va "Nasaf" o'zaro ikki marotaba qiyin uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsalar, OKMK 2 marotaba OCHL bahsida qatnashdi. "Navbahor" esa kuchli raqibning uyiga safar qildi.


Avgust oyi "Paxtakor" uchun omadli keldi. Raqiblari kabi jamoa mag'lubiyatga uchradi. Faqat shulardan 2 tasi chempionlik o'yiniga tasir qilmaydigan musobaqada, kubok va superkubokda. CHempionatda bitta mag'lubiyat. Durang esa eng yaqin taqibchisi bilan uning maydonida. O'zidan o'tib ketgan "Navbahor"ni esa safarda mag'lubiyatga uchratdi. Bugun jamoa ikkinchi o'rinda turgan jamoadan 7 ochkoga ilgarilab ketgan. 


"Paxtakor" - Maksim SHackix.

8 ta o'yin. 4 ta g'alaba, 1 ta durang, 3 ta mag'lubiyat.


28.07.  "Olimpik" - "Paxtakor" 0:2

01.08.  "Dinamo" - "Paxtakor" 3:2 (Kubok)

05.08.  "Paxtakor" - "Neftchi" 0:1

10.08.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:2

15.08.  "Nasaf" - "Paxtakor" 0:0

19.08.  "Paxtakor" - "Metallurg" 1:0

24.08.  "Nasaf" - "Paxtakor" 2:1 (Superkubok)

29.08.  "Qizilqum" - "Paxtakor" 2:3 



Zich taqvimda "Navbahor" boshqalarga qaraganda bitta kam o'yin o'tkazgan. Birinchi davrani birinchi o'rinda yakunlagan jamoa olovli avgustda ko'p ochkolarni yondirib yubordi. Yomoni shundaki, Babayan jamoasi ochkolarni eng yaqin ikki taqibchisiga boy berdi, o'z uyida "Paxtakor" va OKMKga. 


"Navbahor" - Samvel Babayan.

7 ta o'yin. 3 ta g'alaba, 2 ta durang, 2 ta mag'lubiyat.


30.07. "Qizilqum" - "Navbahor" 1:2

04.08. "Metallurg" - "Navbahor" 1:1

10.08. "Navbahor" - "Paxtakor" 1:2

14.08. "Aral" - "Navbahor" 0:2 (Kubok)

22.08. "Al Vakra" - "Navbahor" 0:1 (OCHL)

26.08. "So'g'diyona" - "Navbahor" 2:1

30.08. "Navbahor" - OKMK 0:0



Sal qolsa avgust Ro'ziqul Berdievni ishdan "olardi". Oy yakuniga etishiga sanoqli kunlar qolganida "Paxtakor"ni Superkbokda mag'lubiyatga uchratib o'z o'rnida qoldi. Kubok murabbiyi bo'lgan Berdiev chempionatda muhim o'yinlarda ochko yo'qotdi. "Turon"ga imkoniyatni boy berib, o'z maydonida ikki o'yinda durang qayd etdi.


"Nasaf" - Ro'ziqul Berdiev.

8 ta o'yin. 4 ta g'alaba, 3 ta durang, 1 ta mag'lubiyat.


28.07. "Andijon" - Nasaf" 0:0

01.08. "Nasaf" - "Buxoro" 4:3 (Kubok)

05.08. "Turon" - "Nasaf" 1:0

10.08. "Nasaf" - "Buxoro" 1:0

15.08. "Nasaf" - "Paxtakor" 0:0

19.08. "Nasaf" - "Qizilqum" 0:0

24.08. "Paxtakor" - "Nasaf" 1:2 (Superkubok)

29.08. "Surxon" - "Nasaf" 1:2


Avgust oyi sal qolsa hammani o'z lavozimidan ozod qilardi. CHempionat o'yinlari OKMKga omadsiz keldi. O'z maydonida "Surxon"ga mag'lubiyatga uchragan Mirjalol Qosimov bitta o'yinda g'alaba qozonib, keyingi uchtasida durang o'ynadi. Futbol afsonasini ushlab qolgan o'yin OCHL saralashidagi "Al Arabi"ga qarshi bahs bo'ldi. Ancha qiyin o'yinda ustunlikka erishgan OKMK ishonchli g'alabaga erishdi. 



OKMK - Mirjalol Qosimov.

8 ta o'yin. 4 ta g'alaba, 3 ta durang, 1 ta mag'lubiyat.


29.07.  OKMK - "Surxon" 2:3

02.08.  OKMK - "Lokomotiv" 2:1 (Kubok)

06.08.  "Bunyodkor" - OKMK 1:1

11.08.  OKMK - "Olimpik" 2:1

15.08.  OKMK - "Al Siib" 1:0 (OCHL)

22.08.  Al Arabi - "OKMK" 0:1 (OCHL)

26.08.  OKMK - "Neftchi" 1:1

30.08.  "Navbahor" - OKMK 0:0



Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика