Olmo uchun kurashda “Manchester Siti” etakchilik qilmoqda
13 okt 2023 01:34
Yangiliklar
Olmo uchun kurashda “Manchester Siti” etakchilik qilmoqda
"RB Leypcig"ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
Goal nashrining yozishicha, ingliz grandi Evropaning boshqa yirik klublari qiziqish bildirayotganiga qaramay, 25 yoshli ispaniyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun favoritga aylangan.
Oldinroq Olmo kelasi yozda "Barselona"ga o'tishi mumkinligi to'g'risida xabar qilingandi. Qayd etilishicha, bitim summasi 60 million evroni tashkil qiladi.
OAV xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Real", "Yuventus", "Arsenal", "CHelsi" va "Atletiko" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Olmoning "RB Leypcig" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari yarim himoyachining narxini 40 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar