Olmo "Barselona"dan tashqari barcha klublarning taklifini rad etdi

Alisher
28 iyul 2024, 14:21
"Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Futbolchi boshqa klublarning taklifini rad etdi.

Oldinroq, kataloniyaliklarning 26 yoshli ispan bilan 6 yillik shartnoma imzolashga tayyorliklari ma'lum bo'lgandi.

Olmo o'tgan mavsum "Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 3ta assist qayd etdi. U Evro-2024ning 6 o'yinida 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo