Olmo: "Barselona" meni ortga qaytarmoqchiligidan xursandman"
03 jan 2020 23:12
Yangiliklar


Olmo: "Barselona" meni ortga qaytarmoqchiligidan xursandman"
Ispaniyalik futbolchi o'zi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
"Mish-mishlar aniq taklifga aylanganidan juda xursandman. CHindan ham "Barsa" meni Kataloniyaga qaytarishni xohlayapti. Mening maqsadim — Evropa chempionatida ishtirok etish. Keyingi 6 oy mobaynida Xorvatiya chempionatida o'ynab turgan holda bunga erishish juda qiyin. Men oldinga qadam tashlashni xohlayman.
Vakillarim bir necha bor Leverkuzenning "Bayer" klubi mutasaddilari bilan uchrashishdi. Ammo germaniyaliklar "Dinamo"ga jiddiy taklif bildirmadi", — deydi Olmo.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yildan beri Zagrebning "Dinamo"si sharafini himoya qilayotgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar