So’nggi yangiliklar

11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  1 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  4 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  7 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  3 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  5

"Olmaliq"ning bugungi raqibi: "Karpati" (Lvov, Ukraina) Yangiliklar

"Olmaliq"ning bugungi raqibi: "Karpati" (Lvov, Ukraina)

Teglar :  OlmaliqKarpati
Bugun "Olmaliq" Antaliyada navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

"Olmaliq"ning bu galgi raqibi Ukraina premer ligasi vakili "Karpati" bo'ladi. Belorussiyalik Oleg Dulub bosh murabbiylik qilayotgan Lvov shahri jamoasi joriy mavsum birinchi davrasi yakuniga ko'ra musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasini band etib turibdi. Bunga FIFA tomonidan klubga nisbatan ishlatilgan sankciya ham sabab bo'lgan. Halqaro futbol qo'mitasi "Karpati" va "Dnepr"dan 6tadan ochko olib tashlash bo'yicha qaror chiqargan. Ko'p yillik tarixga ega jamoa uchun bu o'rin munosib emasdek. Ukraina jamoasi xorijiy yig'in orqali vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishga harakat qilmoqda. Birinchi davrada jamoa safida birgina argentinalik legioner Gustavo Blanko-Leshuk bor edi. 17 o'yinda 7 gol urgan forvard Doneckning "SHaxtyor" jamoasiga transfer bo'lgan.

Jamoamiz bilan bitta mehmonxonada istiqomat qilayotgan lvovliklar 18 yanvar kuni Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi. Unda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Darvoqe, o'tgan mavsum "Olmaliq" sharafini himoya qilgan Yaroslav Martinyuk aynan shu jamoadan kelgandi.

Bugungi bahs Toshkent vaqti bilan 13:00da mehmonxonaga qarashli "Top kape" sport majmuasida boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика