So’nggi yangiliklar

12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  7 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  6 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  18 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7

"Olmaliq"ning birinchi yig'ini yakunlandi Yangiliklar

"Olmaliq"ning birinchi yig'ini yakunlandi

Teglar :  Olmaliq
Bugun "Olmaliq"ning dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlari yakunlandi.

15 dekabrdan boshlangan ilk o'quv-mashg'ulot yig'inimiz bugun "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazilgan nazorat o'yinidan so'ng yakuniga etdi. Ikki hafta davomida futbolchilar asosan tiklanish mashqlarini o'tkazishdi. SHuning bilan birgalikda 3ta o'rtoqlik o'yini ham tashkil etildi.

Temiryo'lchilarga qarshi o'tkazilgan nazorat uchrashuvida 17 nafar futbolchi ishtirok etdi. Islom Inomov o'tgan bahsda ortirgan kichik jarohati sabab maydonga tushmadi. Rahmatillo Berdimurodov, Suleyman Ahmedkarimov va Nizomiddin Ziyovutdinovlar mashg'ulot o'tkazish bilan cheklanishdi. O'rtoqlik uchrashuvi 3:1 hisobida "Lokomotiv" g'alabasi bilan yakun topdi. Jamoamizdan yagona golni Diyor Turopov kiritdi.

O'yinda jamoalar quyidagi tarkibda ishtirok etishdi.

"Olmaliq" - "Lokomotiv" 1:3
Gollar:
Diyor Turopov 53 - Gnoxere Krizo 14, 51, Mamur Ikromov 62 penalti
"Olmaliq": "Olmaliq": Xurshid Xodjaev, Xurshid Muxtorov, Temurlan Erlanov, Azizbek Suyunov, Abduqahhor Xojiakbarov, Diyor Turopov, Dilshod Jo'raev, Muhammad Isaev, Dilshod Raxmatullaev, Doniyor Usmonov, Zabihillo O'rinboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bobir Davlatov, SHohnazar Norbekov, Doniyor Ismoilov, G'ulomhaydar G'ulomov, Hojiakbar Haydarov, Qadamboy Nurmetov.
"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Salim Mustafoev, Muhammad Gnontcha Kone, Bobur Yo'ldoshev, Oleg Zoteev, Sardor Mirzaev, Temur Kapadze, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev, Sadriddin Abdullaev, Gnoxere Krizo.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mamur Ikromov, Islom To'xtaxo'jaev, Timur Usmanov, Farrux Ibragimov, Bobir Tillaboev.

Jamoaning ilk yig'inida ishtirok etgan Suleyman Axmedkarimov, Azamat Ahmedov va Hojiakbar Haydarovga javob berildi. Nizomiddin Ziyovutdinov yoshlar jamoasi bilan mashg'ulotlarni davom ettiradi. Qadamboy Nurmetov ijara asosida boshqa jamoaga o'tishi mumkin.

Ikkinchi o'quv-mashg'ulot yig'ini 3 yanvardan 10 yanvargacha yana Toshkentda bo'lib o'tadi. 9 yanvarda Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish rejalashtirilgan. SHuningdek, jamoa tarkibiga bir qator futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика