So’nggi yangiliklar

18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   0 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 18:15Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:05Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" "Ал Иттиҳод" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  10 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  5 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1

Olmaliqda bugun ko'p narsani oydinlashtiradigan kichik final: Jo'jalarni sanaydigan fasl allaqachon keldi Yangiliklar

Olmaliqda bugun ko'p narsani oydinlashtiradigan kichik final: Jo'jalarni sanaydigan fasl allaqachon keldi

Bugun Olmaliqda mavsum avvalida chempionlik uchun kurashishi taxmin qilingan AGMK amaldagi chempion "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Mazkur o'yin afishasi o'zgacha qiymatga ega. Ammo bu ikki jamoaning oxirgi 4 yillikdagi o'zaro o'yinlariga nazar solinsa, afisha biroz suniy ravishda kattalashtirilganga ham o'xshaydi.

CHunki AGMK Qosimov jamoaga kelganidan buyon biror marta ham "Paxtakor"ni yutmagan. "Paxtakor" esa oxirgi 4 yillikda O'zbekistonda eng ko'p AGMKni mag'lub etmoqda. AGMK so'nggi 4 yillikda "Paxtakor"ga jami 9 marotaba yutqazishga ulgurdi. Bunday raqamli mag'lubiyatlardan keyin bugungi o'yin afishasida favorit yaqqol aniqqa o'xshab ko'rinishi mumkin.

Biz saytimizda tahliliy fikr-mulohazalarini berib borayotgan sobiq futbolchi, Mundial tahallusi nomida chiqish qilayotgan mutaxassisga mazkur o'yin oldi fikrlarini bayon qilishini so'radik.

"Ochig'i, bu o'yinda "Paxtakor" har taraflama ustunlikka ega. Jamoa jadvalda ham, o'yin taraflama ham AGMKdan yuqorida. Qosimov AGMK jamoasi bilan haligacha "Paxtakor"ni yutmagani juda achinarli holat. Bu jamoaning ruhiyatiga ham tasir qiladi. Mirjalol Qosimovdek murabbiy uchun bu yarashmaydigan holat. "Paxtakor" hozir AGMKdan yuqorida joylashgan bo'lsada, bu jihat o'yinga katta tasir qilmasligi mumkin. CHunki "Paxtakor"ning ham muammolari ko'paygan, ular avvalgidek raqobatdan xoli bo'ladigan darajada qudratli emas va jamoa bosim ostida qolgan. Yil davomida rahbariyat va murabbiylar shtabida qator o'zgarishlar bo'layotgani ham jamoaga katta tasir qildi. SHackix esa hozircha engilmas jamoani tuzganicha yo'q. Bu jihatlarni hisobga olsak, AGMK endi ham "Paxtakor"ni yutish yo'llarini topa olmasa, unda qachon yutadi? degan o'rinli savol tug'ilishi mumkin. Bu jamoalarning o'zaro o'yinlaridagi noxush seriyani bir chetga qo'yib, bu yilgi mavsumdagi maqsadlardan kelib chiqilsa ham, AGMK uchun bu ikki karra ahamiyatli o'yin. Bu turda jamoa raqobatchisiga yutqazsa, unda batamom chempionlik yoki medallar uchun kurashdan kurashsiz chiqadi. Agarda AGMK bugun yutsa, unda ularda qandaydir umid va imkoniyatlar paydo bo'ladi. Jamoa oxirgi 4 yilda har taraflama barqarorlikka erishdi, moliyaviy muammo yo'q, tarkib murabbiylar istagi bo'yicha saqlanib, kuchaytirilgan. Ammo AGMK haligacha chempionlik uchun jiddiy kurash taqdim etmayotgani Qosimovning murabbiylik imijiga katta putur etkazmoqda. Bu yil esa AGMKga savollar ko'payishi mumkin. Masalan, "Paxtakor"da ketma-ket 2 yildan buyon o'zgarishlar, istefolar kuzatilsa-da, jamoa chempionlik uchun asosiy davogarligicha qolmoqda. "Navbahor" bu yil tamoman o'zgardi, tarkib 90% ga yangilandi va Babayan birinchi mavsumidayoq chempionlik uchun kurashmoqda, AGMKdan tepada. Bu jihatlarni bejiz aytmadim, chunki bu turda AGMK ushbu mavsumni qutqarib qolishi uchun ham "Paxtakor"dan 3 ochko olishga majbur. Aks holda, olmaliqliklar uchun Superliga qiziqishi muddatidan oldin yo'qoladi. Bu yilgi ajoyib o'tayotgan mavsum AGMKning medallar uchun kurashdan muddatidan avval chiqib ketishi natijasida buzilishini ko'pchilik istamaydi. Qosimov va SHackixning murabbiylikdagi o'zaro debyut bahsi qanday kechishini kuzatish qiziq bo'ladi. Bosim har ikkala jamoada ham teng. AGMK uchun bu bahsni finalga qiyoslagan bo'lsam, "Paxtakor" ham istalgan ehtimoliy ochko yo'qotilishi natijasida chempionlik poygasida azaliy raqiblari "Navbahor" va "Nasaf"ni oldinga qo'yib yuborishi mumkin. Buni esa toshkentlik futbol muxlislari aslo kechirishmaydi. Gapni indallosi, juda qiziq va tajovuzkor o'yin bo'lishini kutyapman. Kichik finalga teng o'yin".

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика