So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  3 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

"Olmaliq": Yangi mavsumga tayyorgarlik boshlandi yoxud Stanoevich va Franjich ketdi Yangiliklar

"Olmaliq": Yangi mavsumga tayyorgarlik boshlandi yoxud Stanoevich va Franjich ketdi

Kecha jamoa Olmaliq shahrida navbatdagi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi.
2014 yilgi chempionatda 6-o'rinni egallagan "Olmaliq" qayd etgan natija avvalgisiga qaraganda bir pog'ona past bo'ldi. Yildan yilga o'z tarkibini shakllantirib, yuqori natijalar sari intilayotgan jamoa uchun bu ko'rsatkich qoniqarli emas, albatta. SHu sababli, jamoa rahbariyati navbatdagi mavsumda tarkibda bir qator islohotlar amalga oshirishni rejalashtirgan. Bugundan Olmaliqda boshlangan mashg'ulotlarda bir qator etakchi futbolchilar ishtirok etishmadi. Jumladan, SHaker Zuagi, Obid Jo'raboev va Doston Abdurahmonov "Bunyodkor"da o'tishga yaqin bo'lsa, Darko Stanoevich va Petar Franjich ham jamoa tarkibini tark etgan. Yana bir qator futbolchilarning ham jamoada qolish qolmasligi 27 dekabrga qadar davom etadigan mashg'ulotlardan so'ng malum bo'ladi.

Dastlabki kungi mashg'ulotda quyidagi futbolchilar ishtirok etishdi: Umid Xonimqulov, Akmal Ortiqov, Timur G'aniev, SHohrux Eshbo'taev, Jahongir Jiyamurodov, Sarvar Jo'raev, Abdumalik Toshpo'latov, Abduqahhor Hojiakbarov, Azamat Isroilov, Zohir Pirimov, Sanjar SHoahmedov, Dilyaver Abibullaev, Diyor Turopov, Nikita Pavlenko, Muhammad Isaev, Zafar Polvonov, Islom Isoqjonov, Doniyor Ismoilov, SHarif Mirzaev, Qadamboy Nurmetov.

Biroz betobligi sabab Timur Kagirov va Abror Karimov mashg'ulotda ishtirok etmadi. Timur Hakimovning ijara muddati yakuniga etganligi bois, "Paxtakor"ga qaytgan.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика