So’nggi yangiliklar

00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  0 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  20 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  6 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  118 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2

"Olmaliq" - "Volin" (Luck, Ukraina) 2:1 Yangiliklar

"Olmaliq" - "Volin" (Luck, Ukraina) 2:1

Teglar :  OlmaliqVolin
"Olmaliq" bugun Antaliyada o'tkazilayotgan o'quv-yig'ini doirasida ikkinchi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Bu gal ham "Olmaliq"qa Ukraina jamoasi raqiblik qildi. Bungacha jamoamiz shu mamlakatning "Karpati" va "Zarya" jamoalari bilan uchrashuv o'tkazgan va har ikkisida mag'lubiyatga uchragan edi. "Volin" bilan bahsda Viktor Balyutovich asosan zaxirada qolayotgan futbolchilarni boshlang'ich tarkibda maydonga tushirdi. Birinchi taymda jamoamiz futbolchilari ancha faol harakat qilishdi. O'yinning 15-daqiqasida Abduqahhor Hojiakbarov qanotdan oshirib bergan to'pini Viktor Klishin bir urinishda darvozaga yo'lladi. Dastlabki 45 daqiqalikda raqib darvozasi oldida yana ko'plab xavfli vaziyatlar sodir etildi. Birgina Alibobo Rahmatullaev bir necha marta qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Bir vaziyatda darvozabon Xurshid Xodjaev jamoamizni muqarrar goldan asrab qoldi.
Ikkinchi taymda tarkibdan 8 futbolchi almashtirildi. Birinchi taymda o'ynagan Mullajonov, Rahmatullaev va Usmonov o'yinni davom ettirishdi. Bu bo'limda ham futbolchilar faol o'ynashdi. Jamoamizda bo'lgani kabi raqib tarkibida ham tez-tez futbolchilar almashtirildi. 73-daqiqada Muhammad Isaev maydon markazida to'pni qabul qilib oldi va oldinga tashlandi. Raqib futbolchilari har qancha qarshilik ko'rsatmasin u jarima maydoniga yorib kirdi va darvozani ishg'ol etdi. Oradan ikki daqiqa o'tib raqib burchak to'pidan so'ng hisobni qisqartirishga erishdi. Gol muallifi luckliklarning yagona legioner futbolchisi Mixa Goropevshek bo'ldi. O'yin davomida jamoamizdan Doniyor Usmonov va raqib jamoadan Yuriy Romanyuk moldaviyalik hakam tomonidan ogohlantirildi.

O'rtoqlik uchrashuvi. 9 fevral
Topkape futbol majmuasi.
"Olmaliq" - "Volin" 2:1
Gollar:
Viktor Klishin 15, Muhammad Isaev 73 - Mixa Goropevshek 75

"Olmaliq": Xurshid Xodjaev, Rahmatillo Berdimurodov, SHavkat Mullajonov, Aziz Suyunov, Abduqahhor Hojiakbarov, Alibobo Rahmatullaev, Murod Rajabov, G'ulom-Haydar G'ulomov, Doniyor Usmonov, SHota Grigalashvili, Viktor Klishin.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To'raev,  Islom Inomov, Vladislav Kasminin, Xurshid Muxtorov, Igor Yelich, Muhammad Isaev, Dilshod Jo'raev, Zabihillo O'rinboev.

"Volin": Artyom Kichak, Sergey Loginov, Roman Nikityuk, Vladislav SHapoval, Yuriy Romanyuk, Oleg Gerasimyuk, Redvan Memeshev, Dmitro Zadereckiy, Artyom Dudik, Sergey Petrov, Anatoliy Didenko.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mixa Goropevshek, Aleksandr CHepelyuk, Andrey Lyashenko, Sergey Melinishin, Yuriy Teterenko, Evgeniy Mogil, Roman SHandruk, Vladislav Dmitrenko, Oleg Trakalo, Danilo Beskorovayniy, Ruslan Marushka, Ilya Timoshenko, Oleg Marchuk.

Hakamlar: Vlad Ivanchenko, Sergey Beshleu, Artur Makovey (barchasi - Moldaviya)

Bu bahsda kichik jarohat sabab Kamoliddin Murzoev va SHohnazar Norbekov ishtirok etmadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика