So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

"Olmaliq" va penalti Yangiliklar

"Olmaliq" va penalti

Teglar :  Olmaliq
Kecha Buxoro shahrida o'tgan 1-tur bahsida jamoamiz darvozasi tomon ikki marta penalti belgilandi.

Quyida sizning hukmingizga havola etayotgan statistikamizda jamoamiz darvozasi tomon belgilangan penaltilar xususida so'z yuritamiz.

Jamoamiz kecha "Buxoro"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Har ikkala gol Umid Xonimqulov qo'riqlayotgan darvozaga penaltidan kiritildi. Bu kabi holat jamoamiz uchun birinchi marta emas. Ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, dastlab 2008 yil "Olmaliq"ning safarda "Paxtakor"ga qarshi o'yinida hakam Vadim Agishev ikki marta penalti belgilagan. Odil Ahmedov va Zayniddin Tojiev bu imkoniyatdan unumli foydalanishgan. Ikkinchi marta bu holat o'z maydonimizda 2013 yilda sodir bo'lgan. "Nasaf" jamoasi bilan 2:2 hisobida yakunlangan bahsda bosh hakam Baxtiyor Namozov ikki marta mehmon jamoa penalti tepishini qayd etgan. Artur Gevorkyan har ikkisidan unumli foydalangan. Namozov bu bahsda "Olmaliq" foydasiga ham bitta penalti belgilagan. Zafar Polvonov penaltidan unumli foydalana olmagan. Demak bu kabi holat jamoamiz tarixida Buxoro shahrida uchinchi marta kuzatildi.

Umumiy hisobda 2008 yildan beri oliy ligada ishtirok etayotgan jamoamiz darvozasi tomon belgilangan penaltilar soni 35taga etdi. Ushbu penaltilardan 5tasi darvozabonlarimiz tomonidan qaytarilgan. Uy-safar tizimida hisoblaydigan bo'lsak 11 marta o'z maydonimizda va 24 marta raqib maydonida darvozamiz sari penalti belgilangan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика