"Olmaliq" Turkiyada Sanjar Tursunov jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkazadi
17 fev 2014 00:56
Yangiliklar


"Olmaliq" Turkiyada Sanjar Tursunov jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan "Olmaliq"ning asosiy tarkibi bugun Turkiyaga jo'nab ketdi.
Antaliya shahrida 2 martga qadar bo'ladigan "Olmaliq" delegaciyasi 30 kishidan iborat. Mazkur yig'in davomida "Olmaliq" 5 ta nazorat o'yini o'tkazishi rejalashtirilgan. Dastlabki o'yin 17 fevral kuni Armanistonning "Pyunik" jamoasiga qarshi o'tkaziladi. 20 fevralda esa Qozog'istonning "Irtish" jamoasi sparring raqib vazifasini o'taydi. SHuningdek, 1 mart kuni "Olmaliq" Ukrainaning "Vorskla" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Bu haqida ukrain klubi rasmiy sayti xabar berib o'tgan.
Eslatib o'tamiz , ushbu klub safiga terma jamoamiz azosi Sanjar Tursunov ham borib qo'shildi.
Eslatib o'tamiz , ushbu klub safiga terma jamoamiz azosi Sanjar Tursunov ham borib qo'shildi.

Fikrlar