"Olmaliq" - "Qizilqum" uchrashuvidan keyingi fikrlar
04 may 2015 11:07
Yangiliklar

"Olmaliq" - "Qizilqum" uchrashuvidan keyingi fikrlar
"Olmaliq" - "Qizilqum" o'yini yakuniga etgach, har ikki jamoa ustozlarining o'yin borasida fikrlari bilan qiziqdik.
Igor SHkvirin ("Olmaliq" bosh murabbiyi): Bugungi o'yin o'ziga xos derbi edi. Oxirgi yillarda "Qizilqum" bilan to'qnashuvlar oson kechmayapti. Bugun ham qiyin ammo ishonchli g'alabaga erishdik. "Buxoro" bilan o'yindagi kabi zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilarimiz natijani ijobiy yakun topishiga o'z hissalarini qo'shishdi. Qo'zlangan maqsad sari yurishni davom ettiramiz.
Yuriy Lukin ("Qizilqum" katta murabbiyi): Bugungi o'yin ancha qiziqarli va shiddatli kechdi. Haqli g'alaba bilan "Olmaliq"ni tabriklayman. Raqibimizning asosiy qurollaridan biri standart vaziyatlardan unumli foydalana olishi edi. Afsuski, bu o'yinda ham ular bundan unumli foydalanishdi. Umuman "Olmaliq"ning tarkibida anchagina tajribali va kuchli futbolchilar jamlangan. Bu ham o'z so'zini aytdi.

Fikrlar