"Olmaliq" o'z uyida "Navbahor"dan ustun keldi
24 apr 2016 18:49
Yangiliklar


"Olmaliq" o'z uyida "Navbahor"dan ustun keldi
Olmaliqdagi o'yinning 4-daqiqasida hisob ochildi. Mezbonlar yarim himoyachisi Zohir Pirimovning pasidan so'ng Arslonmurod Omonov "Navbahor" darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.
23-daqiqada Farhod Tojiev
ikkinchi bor mehmonlarni ranjitdi - 2:0. Birinchi bo'limda boshqa gol urilmadi.
Ikkinchi bo'limda mehmonlar faqat bitta javob to'pini kirita olishdi. 65-daqiqada Pishurning pasidan
so'ng Anvar Rajabov hisobni qisqartirdi - 2:1.
SHunday qilib, "Olmaliq" o'z maydonida ketma-ket ikkinchi o'yinda g'alabaga erishdi. Bundan oldin jamoa o'z uyida "Metallurg"dan ustun kelgandi. "Navbahor" esa bu mavsumda safardagi uchinchi o'yinda ham mag'lub bo'ldi.
Olmaliq (Olmaliq) – Navbahor (Namangan) 2:1
24 aprel 2016. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: SH. Rajabov.
Gollar: Arslonmurod Omonov 4, - 1:0 (Zohir Pirimov). Farhod Tojiev 23, - 2:0 (Nikita Pavlenko). Anvar Rajabov 65, - 2:1 (Oleksandr Pishur).
"Olmaliq":
35.Nikita SHkvirin, 3.Saidkomil Akbarov, 5.Evgeniy Gogol, 6.Rahmatullo
Berdimurodov, 7.Arslonmurod Omonov, 10.Farhod Tojiev (22.Ro'zimboy
Ahmedov, 77), 11.Zohir Pirimov (18.Sunnatilla Abdullajonov, 81),
14.Doniyor Ismoilov (77.Diyor Turopov, 63), 17.Muhammad Isaev, 19.Islom
Inomov, 27.Nikita Pavlenko.
Zaxira: 16.Umid Xonimqulov, 8.Yaroslav Martinyuk, 20.Darko Stanoevich, 24.Ruslan Vagapov.
"Navbahor": 25.Akmal
Ortiqov, 3.Aziz G'ulomxo'jaev, 7.Akram Baxritdinov (70.Alibobo
Rahmatullaev, 78), 9.Dilshod Jabborov, 11.Mo'ydin Mamazulumov (22.Sardor
Azimov, 46), 13.CHoy Xyun Xeon (18.Anvar Rajabov, 46), 15.Obid Jo'raboev,
21.Azam Aliev, 29.Igor Golban, 33.Tohir SHamsiddinov, 77.Oleksandr
Pishur.
Zaxira: 12.Aleksandr Korneychuk, 2.Hasan Asqarov, 8.Sanjar Asqaraliev, 10.Alisher Mahmudov.
Ogohlantirishlar: Azam Aliev 44, Islom Inomov 64, Tohir SHamsiddinov 65, Obid Jo'raboev 85.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar