"Olmaliq": Nasser Menassel va Gay-etano Yusupov haqida
22 fev 2014 08:32
Yangiliklar


"Olmaliq": Nasser Menassel va Gay-etano Yusupov haqida
Kecha jamoamiz Pavlodarning "Irtish" jamoasi bilan o'tkazgan o'rtoqlik o'yinida ikki nafar legioner ko'rikdan o'tganini xabar bergandik.
Asosiy tarkibda maydonga tushgan (Nosir) Nasser Menassel 1983 yil 6
yanvarda tavallud topgan. Markaziy yarim himoyada to'p suruvchi bu futbolchi
Jazoir hamda Franciya fuqaroligiga ega. 2003-2007 yillarda Franciyaning
"Grenobl" jamoasida o'ynagan Nasser (Suratda 21-raqamda) keyinchalik
Ruminiya chempionatida ("Otopeni", "Internacional", "Panduri", "Kluj",
"Brasov") to'p surgan. Ayni vaqtda u jamoamizdan ko'rikdan o'tmoqda.
Ikkinchi legioner esa turkmanistonlik Arslonmurod Omonov qanot yarim
himoyasida to'p suradi. U bundan bir muddat avval ham jamoa mashg'ulotlarida
ishtirok etgandi.
Gay-etano Yusupov haqida aytadigan bo'lsak, u Toshkent shahridan. Hujumchi ampluasida to'p suruvchi bu yigit 1995 yilda tavallud topgan.

Fikrlar