So’nggi yangiliklar

20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  0 19:30"Бунёдкор" - "Бухоро" (онлайн ҳисоб)  9 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:30"Динамо" - "Шўртан" (онлайн ҳисоб)  5 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   12 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  8 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  9 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0

"Olmaliq": Doston Abdurahmonovga javob berildi Yangiliklar

"Olmaliq": Doston Abdurahmonovga javob berildi

Teglar :  OlmaliqSHo'rtan
Xabar berib o'tganimizdek, bugun "Olmaliq" G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Uchinchi yig'inni yakunlab bergan bahsda Igor Anatolevich maydonga bir qator yoshlarni sinovdan o'tkazdi. Tajribali futbolchilar qatorida yosh futbolchilarning harakatlari kuzatib borildi. O'rtoqlik maqomiga ega bu o'yinda gazchilar jamoasi 3:2 hisobida zafar quchdi. Raqib jamoadan Igor Taran dublga erishgan bo'lsa, yana bir gol Yusuf Bo'riev hisobiga yozildi. Jamoamizdan esa Farhod Tojiev va Doniyor Ismoilov raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Bazi sabablarga ko'ra bir qator futbolchilar bu uchrashuvda ishtirok etishmadi. Abduqahhor Hojiakbarov, Umid Xonimqulov va Islom Inomovlarda kichik jarohat bo'lsa, Saidkomil Akbarov, Sirojiddin Mahmudov, Abdumalik Toshpo'latov va Abbos Po'latovlar mashg'ulot o'tkazish bilan cheklanishdi. Uchrashuvning ikkinchi taymida erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ixtiyor Navro'zov jamoamiz tarkibida 15 daqiqa to'p tepdi. Bu borada Igor SHkvirin quyidagi fikrlarni bildirdi: "Ixtiyor Navro'zov O'zbekiston sharafini xalqaro maydonlarda himoya qiladi. U Jahon chempionati orqali Rio De Janeyrodagi Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Navro'zovni qo'llab-quvvatlash uchun maydonga tushirdik. Har holda u yakka sport turida ishtirok etadi, futbol esa jamoaviy o'yin. SHu bois biz uchun ham, Ixtiyor uchun ham qiziq bo'ldi. Maydonda 10-15 daqiqa harakat qildi. Aytish mumkinki yomon o'ynagani yo'q, har holda professional jamoaga qarshi o'ynadi. Ixtiyor Navro'zovga Olimpiada o'yinlarida omad yor bo'lishini tilaymiz. O'zbekistonlik sportchilarni doim qo'llab-quvvatlaymiz".

Uchrashuvni jamoalar quyidagi tarkiblarda o'tkazishdi.
"Olmaliq" - "SHo'rtan" 2:3
Hakamlar:
Olim Tolibjonov, Olim Abduvosilov, Sanjar SHoyusupov.
Gollar: Farhod Tojiev 66, Doniyor Ismoilov 71 - Igor Taran 36, 80, Yusuf Bo'riev 67.
"Olmaliq": Mixail Naumov, Rahmatillo Berdimurodov, Azizbek Suyunov, Darko Stanoevich, Ibrohim Rahimov, Doston Abdurahmonov, Nikita Pavlenko, Doston Toshmatov, Murod Rajabov, Zohir Pirimov, Ro'zimboy Ahmedov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Roman Abdulov, Azamat Isroilov, Evgeniy Gogol, Doniyor Ismoilov, Mirjamol Qosimov, Diyor Turopov, Farhod Tojiev, Ixtiyor Navro'zov, Muhammad Isaev, Islombek Isoqjonov.

"SHo'rtan": Eldor Tojiboev, Botir Qoraev, Umar Eshmurodov, Hasanboy Ergashev, Olim Karimov, Eldor Boymatov, Jamol Otaqulov, Laziz Ubaydullaev, Igor Taran, Maruf Murodov, Zafar Polvonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Xurshid Xodjaev, Nurali Padarov, Yusuf Bo'riev, G'ulom Rahmonov, Kenja To'raev, Mirmuhsin Sattorov.

Ushbu o'yin bilan jamoaning navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunlandi. Jamoada ko'rikda bo'lgan Abbos Po'latov, Sirojiddin Mahmudov va Doston Abdurahmonovga javob berildi. SHuningdek, o'tgan mavsum yoshlar jamoasida to'p tepgan Abdumalik Toshpo'latov ham boshqa jamoaga o'tishi mumkin.

Jamoamiz mashg'ulotlarni 2 fevraldan yana Toshkentda davom ettiradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика