"Olmaliq": Bugungi raqibimiz: "Zarya" (Lugansk, Ukraina)
06 fev 2017 11:23
Yangiliklar
"Olmaliq": Bugungi raqibimiz: "Zarya" (Lugansk, Ukraina)
"Olmaliq"qa bu gal Ukraina chempionatining "Zarya" jamoasi sparring raqib bo'ladi. Joriy mavsumda 18 o'yinda 34 ochko jamg'argan luganskliklar turnir jadvalida uchinchi o'rinda turishibdi. Bir qator legionerlar jamlangan jamoaga Yuriy Vernidub bosh murabbiy hisoblanadi. So'nggi yillarda muvaffaqiyatli yurish qilayotgan bu jamoa Evropa ligasida ham ishtirok etmoqda. 2016 yilda jamoa guruhda "Manchester Yunayted", "Feyenord" va "Fenerbaxche"lar bilan bahs yuritdi. "Zarya" garchi guruhdan chiqa olmagan bo'lsada, nomdor raqiblariga etarlicha qarshilik ko'rsata oldi.
Bu jamoa bilan "Olmaliq" ilk marotaba xalqaro maydonda o'yin o'tkazmoqda. Rejadagi bahs Toshkent vaqti bilan 18-00da boshlanadi. Uchrashuvni @pfcolmaliq telegram kanalimiz orqali onlayn qilib boramiz.
Fikrlar