"Olmaliq": Asosiy tarkib Olmaliqda to'plandi va Jo'raboev qaytdi
26 iyu 2015 10:35
Yangiliklar


"Olmaliq": Asosiy tarkib Olmaliqda to'plandi va Jo'raboev qaytdi
Xabar berib o'tganimizdek, jamoamizning asosiy tarkibi kechadan Olmaliqda mashg'ulotlarni davom ettira boshladi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasiga taklif etilgan Diyor Turopov, Doniyor Ismoilov va Jahongir Abdumo'minovdan tashqari barcha futbolchi jamoa qarorgohida jamlanishdi. Bazi sabablarga ko'ra yana bir terma jamoa azosi Nikita Pavlenko "Olmaliq" safiga qaytdi. Bundan tashqari birinchi davrani "Bunyodkor" tarkibida o'tkazgan Obid Jo'raboev ham mavsumni jamoamizda davom ettiradi. Sobiq jamoamiz vakili himoya chizig'ida raqobatni kuchaytirsa, ajabmas.
Rejaga ko'ra jamoamiz 26 iyul kuni Muborakning "Mashal" jamoasi bilan nazorat o'yini o'tkazadi. Uchrashuv 18:00da OKMK sport majmuasi stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar