So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

Ollobergan Karimov: "Indoneziya bilan Eron o'zaro o'yinda bir-biriga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi" Yangiliklar

Ollobergan Karimov: "Indoneziya bilan Eron o'zaro o'yinda bir-biriga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Ollobergan Karimov Yamanga qarshi o'tgan uchrashuv (1:0) hamda keyingi o'yinlar haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

– Yamanga qarshi uchrashuv haqida nima deya olasiz?

– Birinchi turda oson bo'lmagan o'yinda qatnashib, g'alaba qozondik. Birinchi bo'lim to'liqligicha bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Gol urishga erishdik, vaziyatlar yarata oldik. Ikkinchi bo'limni ham yaxshi boshladik, lekin oxirgi daqiqalarda raqibimizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Chunki raqib ham musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va ular ham g'alaba uchun kurashishga harakat qilib ko'rishdi. Biz uchrashuvda g'alaba qozondik, bundan xursandmiz. Biroq xatolarimiz ustida ishlab, o'yinimizni yaxshilashga harakat qilamiz.

– Indoneziya va Eronga qarshi o'tadigan keyingi uchrashuvlar haqida qanday fikrdasiz?

– Indoneziya bilan Eron o'zaro o'yinda bir-biriga qarshi munosib o'yin ko'rsatdi. Eron o'z imkoniyatlaridan foydalanib, 3 ochkoni qo'lga kiritdi. Ular bilan avval ham o'ynaganmiz. Bu ikkita uchrashuvda ham g'alaba qozonib, o'zbekistonlik muxlislarni xursand qilamiz degan umiddaman.

– Siz 17 yoshlilar o'rtasidagi Osiyo Kubogida ham ishtirok etgansiz. Bugungi kunda U-20 safida ham harakat qilyapsiz. Har ikki turnirning o'xshashliklari va farqlari qanday?

– Ikkala yosh toifasidagi musobaqa ham o'ziga yarasha qiziq va murakkab. Boshqa jamoalarda ham biz singari U-17 da to'p tepib, hozirda U-20 jamoasi safidan o'rin olgan futbolchilarni ko'ryapmiz. Chempionat yuqori saviyada va unda kuchli jamoalar ishtirok etmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика