So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

Oliy liga. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Bunyodkor"dan beshta gol qabul qildi Yangiliklar

Oliy liga. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Bunyodkor"dan beshta gol qabul qildi

Oliy liganing 28-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qo'qondagi o'yinning 5-daqiqasida tezkor, kombinacion hujum. G'iyosov birgina pasi bilan SHukurovni qulay vaziyatga chiqardi. Otabek o'zidan-da, qulay imkoniyatda turgan Qosimovni topdi. Mirjamol osonlik bilan boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.

Burchak zarbasi. Xolmuhammedov uzatgan to'pni qaytarishda himoyachilar aniq o'ynay olishmadi. Natijada chaqqonroq o'ynagan Berdiev osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:1.

Ikkinchi taym boshida Ahmadaliev o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va chap oyog'ida, burama tarzda, to'pni darvozaning olis pastki burchagiga joyladi - 1:2.

60-daqiqada burchak zarbasidan oshirilgan to'pdan so'ng Anvar G'ofurov hisobni oshirdi - 1:3. Bahsning 69-daqiqasida Hamdamovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini SHukurov boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, hisobni 1:4ga oshirdi. Oradan ko'p o'tmay Gadoev hisobni yiriklashtirdi - 1:5.

87-daqiqada shundoqqina jarima maydonchasi chizig'i ustidan belgilangan jarima zarbasini Javohir Sidiqov qoyilmaqom tarzda ijro etdi va hisobni qisqartirdi - 2:5.


9 noyabr, payshanba
15:00 - “Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Bunyodkor” (Toshkent) 2:5
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), I. Gormashov (Toshkent).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent)
PFL vakili: V. Lyotkin

Gollar: Mirjamol Qosimov 5, - 0:1. Suhrob Berdiev 14, - 1:1. Dilshod Ahmadaliev 48, - 1:2. Anvar G'ofurov 59, - 1:3. Otabek SHukurov 69, - 1:4. SHoxrux Gadoev 72, - 1:5. Javohir Sidiqov 87, - 2:5.

“Qo'qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov, 14. Doniyor Hasanov (96. Muhammadanas Hasanov, 62), 19. Suhrob Berdiev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 70.Quvondiq Ro'ziev (4. Bahodir Akramov, 65), 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevac.
Zaxira: 13. Nikita Ribkin, 11. Andrey Sidorov, 17. Avaz Mamatxo'jaev, 25. Iqbol Malikjonov, 97. Oybek Rustamov.

“Bunyodkor”: 25. Murod Zuxurov, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akram Komilov, 6. Anvar G'ofurov, 8. Javlon Ibrohimov, 9. SHahzodbek Nurmatov (14. Vohid SHodiev, 75), 17. Dostonbek Hamdamov (15. Farrux Ikromov, 81), 21. Dilshod Ahmadaliev, 29. Otabek SHukurov, 30. Xurshid G'iyosov (22. SHoxrux Gadoev, 61), 44. Mirjamol Qosimov.
Zaxira: 32. Suhrob Sultonov, 3. Islom Qobilov, 28. Davron Umirov, 77. SHoxruz Norxonov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика