So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  7 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Oliy liga. "Qo'qon-1912" g'alabasiz seriyasiga barham bera oladimi? Yangiliklar

Oliy liga. "Qo'qon-1912" g'alabasiz seriyasiga barham bera oladimi?

Teglar :  Qo'qon-1912
Bugun oliy liganing 11-tur bahslariga start beriladi.

Oliy liga taqvimidan bugun to'rtta uchrashuv o'rin olgan. SHulardan biri Farg'onada bo'lib o'tadi va "Neftchi" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. 

Oliy liga, 11-tur. 

"NEFTCHI" - "QO'QON-1912"

Boshlanish vaqti: 19:00

Hakam: Vadim Agishev

Turnir jadvalidagi o'rni: "Neftchi" 8-o'rin (15 ochko), "Qo'qon-1912" 15-o'rin (6 ochko).

Ochkolar orasidagi farq: 9.


Tarif: Bir so'z bilan aytganda, vodiy derbisi. Bunday o'yinlarda kimning qaysi o'rinda borayotgani katta ahamiyat kasb etmaydi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun oxirigacha kurash olib borishi turgan gap. "Neftchi" o'tgan tur safarda "Paxtakor"ni mag'lub etib, kayfiyatini ancha yaxshilab oldi. "Qo'qon-1912" esa o'z maydonida "Loko"ga mag'lub bo'ldi. 

Fakt: "Neftchi" oxirgi ikkita o'yinni g'alaba bilan yakunladi. O'z maydonida shu paytgacha to'rtta uchrashuv o'tkazgan farg'onaliklar shundan ikkitasida g'alaba qozonib, bir marta durang o'ynab, bir bor mag'lub bo'lishdi. "Qo'qon-1912" esa qatorasiga ettita uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa hatto durang qayd eta olgani yo'q. Bugun qo'qonliklar ushbu noxush ananaga barham bera olishadimi? Buni esa albatta o'yin va vaqt ko'rsatadi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика