So’nggi yangiliklar

15:53"Ливерпуль" ниҳоят ишга киришмоқда  0 15:20Ҳусайннажодмахаленколай Муҳаммаджавад Рамазон — "Динамо"нинг янги футболчисининг исм фамилиясини нечта уринишда ўқидингиз?  3 15:04Суперлига. 16 ва 17-тур, шунингдек қолдирилган ўйинларнинг бошланиш вақти маълум  1 14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  5 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  9 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  6 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  7 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  11 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  8 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  3 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  2 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  9 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  4 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  9

Oliy liga. "Navbahor"ning birinchi g'alabasi, "So'g'diyona" Farg'onada g'olib bo'ldi, "Bunyodkor" 4ta gol urdi Yangiliklar

Oliy liga. "Navbahor"ning birinchi g'alabasi, "So'g'diyona" Farg'onada g'olib bo'ldi, "Bunyodkor" 4ta gol urdi

Bugun oliy liganing 5-turidan o'rin olgan 4ta o'yin bo'lib o'tdi.

Bekoboddagi uchrashuvda mehmonlarning birinchi hujumiyoq gol bilan yakunlandi. Sanjar To'raqulovning olisdan bergan zarbasidan so'ng Zafar Safoev to'pni oyoqlari orasidan o'tkazib yubordi.


25-daqiqada “Metallurg”ning xavfli hujumi, Javohir Esonqulov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatib berdi, Zohid Abdullaevning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. 36-daqiqada Javohir Esonqulov etkazib bergan to'pni Zohid Abdulaev darvozaga yo'lladi. Mehmonlar posboni ishonchli o'ynadi. 38-daqiqa. Doniyor Odilov tepgan to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

50-daqiqada Zohid Abdullaev individual maxorati evaziga to'pni markazga olib o'tdi va kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. 68-daqiqada Dilmurod Karimovning juda kuchli zarbasini Dilshod Hamroev bartaraf eta olmadi – 2:1.

81-daqiqa. Jarima zarbasi. SHerzod Jalilov tepdi, Zafar Safoev to'pni zo'rg'a maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. SHunday qilib "Metallurg" irodali g'alabaga erishdi.


Metallurg (Bekobod) – Obod (Toshkent) 2:1
16 aprel 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 16:30
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Gollar: Sanjar To'raqulov 3, - 0:1. Zohid Abdullaev 50, - 1:1. Dilmurod Karimov 68, - 2:1.

"Metallurg": 91.Zafar Safoev, 4.Hikmat Hoshimov, 6.Dilmurod Karimov, 7.Doniyor Odilov (9.Farhod Namozov, 72), 8.Ayubxon No'monov, 13.Javohir Esonqulov (10.Jasur Hakimov, 75), 15.Zohid Abdullaev, 17.Mirg'iyoz Sulaymonov, 22.Murodjon Toshmatov, 40.Islomjon Qobilov, 77.Saidjon Abdujabborov (14.Davronbek Karimqulov, 57).
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 21.Vusol Magerramov, 27.Muhammadodil Qahramonov, 46.Sunnatilla Ermatov.

"Obod": 12.Dilshod Hamroev, 4.Xurshid G'iyosov, 6.SHerzod Jalilov, 7.Javohir Qahramonov (13.Umidjon Mamatmusaev, 58), 8.Doniyor Hasanov, 10.Alisher Azizov, 11.SHohruz Norxonov (15.Sanjar Baratov, 80), 14.Akbarjon Xodjaev, 18.Sanjar To'raqulov (3.Ilhom Komilov, 46), 22.Islomjon Ismoilov, 28.Javlon Iskandarov.
Zaxira: 1.Umidjon Yorbekov, 2.Abror Husinov, 9.Pavel Solomin, 20.Alisher Mirzaev.

Ogohlantirishlar: Zohid Abdullaev 33.



Namangandagi o'yinning 1-daqiqasida CHoyning burchakdan oshirib bergan to'pini Pishur boshi darvozani nishonga oldi - 1:0.

31-daqiqada Abbos Amonov 28 metrlardan kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.  72-daqiqada Akram Bahriddinov o'zi boshlagan hujumni samarali yakunladi. Pishur bilan "stenka" o'ynagan Akram yakuniy zarbani berishda xatoga yo'l qo'ymadi - 2:1. Keyingi daqiqada Mamazulumov ham gol urdi - 3:1. "Navbahor" mavsumdagi birinchi g'alabasiga erishdi.

 
Navbahor (Namangan) – SHo'rtan (G'uzor) 3:1
16 aprel 2016. Namangan. "Markaziy" stadion. 16:30
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), F. Yormuhamedov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

Gollar: Oleksandr Pishur 1, - 1:0 (Xyunyeon CHoy). Abbos Amonov 31, - 1:1. Akramjon Bahritdinov 72, - 2:1 (Oleksandr Pishur). Mo'ydin Mamazulumov 73, - 3:1.

"Navbahor": 25.Akmal Ortiqov, 3.Aziz G'ulomxo'jaev, 4.Xayrulla Karimov (29.Igor Golban, 46), 9.Dilshod Jabborov, 11.Mo'ydin Mamazulumov, 13.Xyunyeon CHoy (22.Sardor Azimov, 60), 15.Obid Jo'raboev, 21.Azam Aliev, 33.Tohir SHamsitdinov, 70.Alibobo Rahmatullaev (7.Akramjon Bahritdinov, 42), 77.Oleksandr Pishur.
Zaxira: 23.Alibek Turobov, 8.Sanjar Asqaraliev, 10.Alisher Mahmudov, 18.Anvar Rajabov.

"SHo'rtan": 1.Eldor Tojiboev, 3.Hasanboy Ergashev, 5.Botir Qoraev, 6.Abbos Amonov (21.Sardor Rasulov, 88), 7.Olimjon Karimov, 8.Sunnatilla Mamadaliev, 9.Igor Taran (10.Kenja To'raev, 69), 11.Zafar Polvonov, 14.Umar Eshmurodov, 18.Eldor Boymatov, 22.Laziz Ubaydullaev.
Zaxira: 12.Farrux Turdaliev, 15.Xolmurod Xolmurodov, 19.Marufxon Murodov, 25.Asror Aliqulov, 29.Mirmuhsin Sattarov.

Ogohlantirishlar: Obid Jo'raboev 40,  Dilshod Jabborov 45, Eldor Tojiboev 70, Sardor Azimov 76, Olim Karimov 85,


Farg'onada o'yinning 90-daqiqasida mehmonlar vakili Bobir Qosimov "So'g'diyona"ga g'alaba keltirgan golni urdi - 0:1.

Neftchi (Farg'ona) – So'g'diyona (Jizzax) 0:1
16 aprel 2016. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 17:00
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Gol: Bobir Qosimov 90

"Neftchi": 35.Abdumavlon Abdujalilov, 3.SHukurali Po'latov, 7.Mansur Saidov, 8.Umidjon Qodirov, 10.Murodbek Bobojonov (6.Baxtiyor Yoqubov, 75), 11.Abbos Maxstaliev, 18.Javohir Rasulov, 20.Dilyorbek Ermatov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 26.Otabek Isroilov (9.SHerzod Hakimov, 62), 32.Jahongir Mehmonov.
Zaxira: 1.O'tkir Yusupov, 2.Sardor Qulmatov, 15.Husniddin G'ofurov, 17.Ilhom Boydedaev, 28.Sardorbek Eminov

"So'g'diyona": 1.Timur G'aniev, 4.Elyor Oripov, 5.Murod Xolmuhmmedov, 7.Sanjar Rashidov, 10.Muzffar Muzaffarov, 11.Farrux SHotursunov, 13.Sarvarjon Jo'raev, 16.Akmal Xolmurodov, 18.Qahramon Bahodirov, 20.Jahongir Jiyamurodov, 27.Sardor Sobirxo'jaev.
Zaxira: 21.Muzaffar Abdullaev, 6.Sobir Hamidov, 8.Suhrob Qobilov, 9.Akmal Abdurahmonov, 15.Timur Hakimov, 17.Sanjar Rihsiboev, 22.Bobir Qosimov.


Toshkentdagi o'yinning 13-daqiqasida Otabek SHukurovning pasidan so'ng Eldor SHomurodov hisobni ochdi - 1:0. Uchrashuvning 29-daqiqasida Akmal SHorahmedov Arslonmurod Amonovga nisbatan qoidani buzdi va hakam "Bunyodkor" darvozasi tomon 11-metrlik jarima zarbasi belgiladi. Farhod Tojiev mo'ljalda adashmadi va uchrashuvdagi hisobni tenglashtirdi - 1:1.

35-daqiqada SHorahmedovning pasidan so'ng Bahodir Nasimov gol urdi - 2:1. Birinchi bo'lim oxirida Nasimov dublga erishdi - 3:1. O'yinning 56-daqiqasida Doniyor Ismoilovning ajoyib zarbasi gol bilan tugadi - 3:2. Oradan ikki daqiqa o'tgach Dostonbek Hamdamov undan qolishmaydigan gol urdi - 4:2.


Bunyodkor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq) 4:2
16 aprel 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Nugmanov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

MATNLI TRANSLYACIYA

Gollar: Eldor SHomurodov 13, - 1:0 (Otabek SHukurov). Farhod Tojiev 30 penalti, - 1:1 (Arslonmurod Omonov). Bahodir Nasimov 35, - 2:1 (Akmal SHorahmedov). Bahodir Nasimov 45, - 3:1 (Eldor SHomurodov). Doniyor Ismoilov 56, - 3:2. Dostonbek Hamdamov 58, - 4:2.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov, 3.Akramjon Komilov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Minori Sato, 10.Eldor SHomurodov (19.Zabihillo O'rinboev, 76), 14.Bahodir Nasimov (11.SHahzodbek Nurmatov, 67), 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Rustam Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov (7.SHaker Zuagi, 74), 30.Yurica Bulyat.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 16.Dilshod Ahmadaliev, 71.Aleksandr Alempievich, 77.Viktor Karpenko.

"Olmaliq": 16.Umid Xonimqulov, 4.Abduqahhor Hojiakbarov, 5.Evgeniy Gogol, 7.Arslonmurod Omonov (24.Ruslan Vagapov, 80), 10.Farhod Tojiev, 11.Zohir Pirimov, 14.Doniyor Ismoilov, 15.Dilshod Jo'raev (8.Yaroslav Martinyuk, 46), 17.Muhammad Isaev, 20.Darko Stanoevich, 27.Nikita Pavlenko.
Zaxira: 35.Nikita SHkvirin, 3.Saidkomil Akbarov, 19.Islom Inomov, 22.Ro'zimboy Ahmedov, 28.Murod Rajabov.

Ogohlantirishlar: Muhammad Isaev 59, Doniyor Ismoilov 65, SHaker Zuagi 80 .




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика