So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Oliy liga. "Lokomotiv" "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Oliy liga. "Lokomotiv" "Navbahor"ni mag'lub etdi

Teglar :  NavbahorLokomotiv
Turnir peshqadami "Lokomotiv" jamoasi o'tgan turda "Paxtakor"ni Namanganda mag'lub etgan va o'z uyidagi mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirayotgan "Navbahor"ni qabul qildi.

Jamoalar o'yinni ikki xil taktik sxemada boshlashdi. Miklyaev va Elichich tandemi o'yinga 4-2-3-1 taktik sxemasini tanladi. Ilhom Mo'minjonov esa peshqadam jamoaga qarshi 4-5-1 sxemani qo'lladi.

Uchrashuvdagi ilk darvoza tomon tepilgan zarbani 3-daqiqada "Loko" yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev amalga oshirdi. "Lokomotiv"ning 11-raqamdagi futbolchisi tepgan kuchli zarbani Dilshod Hamroev ortiqcha qiyinchiliksiz egallab oldi.

O'yinning 8-daqiqasida Masharipov-Mustafoev-Kapadze-Zoteev kombinaciyadan so'ng Oleg uzoq masofadan darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi. Ammo uning darvoza tomon yo'llagan zarbasiga birozgina aniqlik etishmadi.

"Lokomotiv" uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida katta ustunlikka ega bo'ldi. Ketma-ket hujumga o'tishlar chog'ida o'yinning 11-daqiqasida Mirzaev-Kapadze-Abdullaev uchligi tashkil etgan kombinaciyadan keyin Sadriddin Abdullaev chamasi 16 metrlar masofadan darvozani "o'qqa" tutmoqchi bo'ldi. Ammo Abdullaevning bu galgi zarbasi ham birozgina noaniq ketdi.

Ignatiy Nesterov 18-daqiqada to'pni jamoadoshlariga uzatish chog'ida xato o'ynadi va maydon markazida mehmonlar to'pga egalik qilishdi. Oybek Qilichev tezkorlik to'pni zarba berishga chog'lanayotgan Oston Urunovga qoldirdi. "Navbahor"ning 6-raqamdagi futbolchisi yo'llagan zarbaga esa aniqlik etishmadi, aks holda uchrashuvda hisob ochilishi mumkin edi.

"Lokomotiv" esa ularning ilk xavfli zarbasiga javob tariqasida tezkorlik bilan oldinga o'tdi va jamoa sardori Kapadze tomonidan sodir etilgan xavf "temiryo'lchilar"ga naf keltirmadi.

Bellashuvning 31-daqiqasida Abdullaevga nisbatan Qilichev qoidani buzdi hakam jarima zarbasi belgiladi. Belgilangan jarima to'pini Masharipov jarima maydonchasi ichiga oxista oshirdi. Islom To'xtaxo'jaev esa ajoyib tarzda to'pni darvozaga yo'lladi, ammo to'p shu pallada darvoza to'ridan joy olishni istamadi. To'xtaxo'jaevning tepgan to'pi avvaliga darvoza to'sini va keyin chiziqqa tegib chiqib ketdi.
"Navbahor" bundan so'ng tezkor qarshi hujumga o'tdi. Oybek Qilichev to'p bilan tezlikni oshirdi va jarima maydonchachi oldida yaqinlashishi bilan oldida turgan ikkita variantdan (chap tomondan Ahmedov, o'ngdan esa Turg'unboev ochilib kelayotgan edi) ko'ra, darvozani nishonga olishni maqul topdi. Ammo uning bergan zarbasini Nesterov egallab oldi.

Birinchi bo'lim yakuniga etishiga 1 daqiqa qolganida uchrashuvdagi dastlabki ogohlantirish ko'rsatildi. Kapadzeni jarima maydonchasi ichida yiqilganini simulaciya hisoblagan o'yin referisi Hasan Ro'ziev "Loko" sardorini sariq kartochka bilan siyladi.

SHu tariqa birinchi bo'lim nursiz durang bilan tugadi.

Qayd etish joiz, ilk 45 daqiqalikda ustunlik "Loko" tarafida bo'ldi, ammo "temiryo'lchilar" tarkibidan yaratilgan vaziyatlarga "nuqta" qo'yadigan "nayza"si o'tkir hujumchi topilmadi. Marat Bikmaev esa negadir o'yinni zaxira o'rindig'ida qoldirilgandi.
"Navbahor"ning birinchi bo'limdagi o'yinidan kelib chiqadigan bo'lsak, Mo'minjonov jamoa oldiga birinchi bo'limda gol o'tkazib yubormaslik vazifasini qo'yganligi ko'rinib qoldi va jamoa ilk 45 daqiqalikda faqat qarshi hujumlarga tayanib o'ynadi. Ammo "lochinlar" uchun birinchi taymda qarshi hujumga o'tish imkoniyatlari ko'p ham vujudga kelmadi.

Ikkinchi bo'limni "Loko" tarkibida o'zgarish qilish boshladi. Birinchi bo'limda jamoaga etishmagan futbolchi va hujumchi Marat Bikmaev o'yinni Murod Bobojonovning o'rniga davom ettirdi.

"Lokomotiv" uchrashuvning 49-daqiqasida gol urish juda qulay fursatga ega bo'lgandi. Masharipovning o'ng qanotdan boshlagan hujumini avvaliga Sadriddin Abdullaev, keyinchalik esa Marat Bikmaev samarali yakunlay olmadi. Bikmaevning chamasi 3 metrlardan masofadan yo'llagan zarbasi yo'liga himoyachi g'ov bo'ldi. SHundan so'ng "temiryo'lchilar"ning navbatdagi hujumini Mirzanv chap qanotdan rivojlantirdi. Jarima maydonchasi ichida ochilib borayotgan Bikmaevni o'z vaqtida ko'rgan Mirzaev to'pni ajoyib tarzda hujumga etkazdi. Ammo Marat Bikmaevning zarbasini Dilshod Hamroev bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

Oradan 2 daqiqa o'tib "Loko"ning navbatdagi xavfli hujumi o'ng qanotdan tashkillashtirildi. Masharipovning bu safargi to'p oshiridan so'ng Mirzaev darvozani nishonga olgandi. Ammo bu vaziyatda Dilshod Hamroev katta mahorat ko'rsatib jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

"Lokomotiv"ning ketma-ket uyushtirgan hujumlari 58-daqiqaga kelib o'z mevasini berdi. "Navbahor" jamoasi futbolchilari himoyadan chiqib ketish chog'ida to'pni yo'qotishganidan unumli foydalangan "Loko" azolari birgina pas bilan Bikmaevni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. Tajribali hujumchi va chempionat to'purari bo'lib turgan ushbu futbolchi bu qulay imkoniyatdan samarali foydalandi va o'zining aniq zarbasi bilan o'yinda hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi - 1:0.

Kiritilgan goldan keyin 10 daqiqa o'tib "Loko" uchrashuvdagi ikkinchi golni ham urishga erishdi. Marat Bikmaev bilan ajoyib kombinacion o'yin tashkil qilgan Salim Mustafoev jarima maydonchasi ichiga yorib kirib Dilshod Hamroev qo'riqlayotgan darvozani osonlik bilan ishg'ol etdi - 2:0.

Qolgan daqiqalarda ham "Lokomotiv" bir qator vaziyatlarga ega bo'ldi. Ammo ko'plab imkoniyatlarni golga aylantirish ularga nasib etmadi. Bazi vaziyatlarda mezbonlar futbolchilariga aniqlik etishmagan bo'lsa, ko'p marotaba darvozabon Dilshod Hamroev mahorat ko'rsatdi.

"Navbahor" esa ikkinchi bo'limda ham Nesterov darvozasi oldida golga tortadigan vaziyatlar sodir eta olmadi. Ikkinchi taymda raqiblar Nesterovga deyarli ish topib bera olishmadi.

7 yildan buyon Toshkentda "Lokomotiv"ni mag'lub etolmayotgan "Navbahor"ning g'alabasiz seriyasi yana bir yilga cho'ziladigan bo'ldi.

Marat Bikmaev esa to'purarlar poygasidagi holatini yanada yaxshilab olgan bo'lsa, "Lokomotiv" ushbu g'alabadan keyin peshqadamlikni yanada mustahkamladi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari:
"Lokomotiv" - Marat Bikmaev
"Navbahor" - Dilshod Hamroev

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Navbahor” (Namangan) 2:0
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), R. Lutfullin (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent)
O'zPFL vakili: A. Inoyatov

Gollar: Marat Bikmaev 60, - 1:0. Salim Mustafoev 68, - 2:0.

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev, Sadriddin Abdullaev (Sanjar SHoahmedov, 76), Sardor Mirzaev, Salim Mustafoev, Timur Kapadze, Islom To'xtaxo'jaev, Murod Bobojonov (Marat Bikmaev, 46), Oleg Zoteev, Jaloliddin Masharipov (Diyor Turopov, 74)
Zaxira: Mamur Ikromov, SHuhrat Muhammadiev, SHerzod Fayziev, Azizbek Omonov

"Navbahor": Dilshod Hamroev, Abbos Otaxonov, G'iyos Komilov, Oston O'runov (Murod Rajabov, 66), Oybek Qilichev, Dilshod Jabborov, Azam Aliev, Ro'zimboy Ahmedov, Jahongir Mehmonov, Abbosbek Maxstaliev (Doniyor Usmonov, 68), Azizbek Turg'unboev (Nemanya Yovanovich, 65)
Zaxira: Asilbek Omonov, Ravshan Xursanov, Ilhom Boydedaev, Sardor Azimov,


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика