So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  4

Oliy Liga: “Lokomotiv” – eng ko'p gol urib, eng kam to'p o'tkazgan jamoa Yangiliklar

Oliy Liga: “Lokomotiv” – eng ko'p gol urib, eng kam to'p o'tkazgan jamoa

Teglar :  Lokomotiv
Toshkentning “Lokomotiv” klubi Oliy Liga 2017 yilgi mavsumi ilk davrasidagi so'nggi uchrashuvini 3-turning qoldirilgan bahsi doirasida “Metallurg”ga qarshi o'tkazib, 3:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.

SHu bilan “temiryo'lchilar” birinchi davra o'yinlarini yakunlashdi.

Takidlash joizki, 15 ta uchrashuvdan so'ng “Lokomotiv” 11 ta g'alaba, 2 ta durang hamda 2 ta mag'lubiyat qayd etgan holda 35 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Jamoamiz 36 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. O'z darvozamizdan esa 10 martagina to'p o'tkazib yubordik. Bu esa Oliy Ligadagi ayni paytda eng yaxshi natija bo'lib turibdi. Yani gol urish bobida ham, eng kam gol o'tkazib yuborish borasida ham “Lokomotiv” etakchilikni qo'lga olgan.

“Loko” faqatgina “SHo'rtan” hamda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvlarda raqib darvozasiga gol kirita olmadi. Jamoamizning eng yirik hisobdagi g'alabasi esa “Obod” ustidan 8-tur o'yinlari doirasida qo'lga kiritildi. Gollarga boy tarzda kechgan o'sha bellashuvda amaldagi chempionlar “Obod” darvozasiga javobsiz 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi.



“Lokomotiv” 1-davrada o'tkazgan uchrashuvlar:

“Mashal” (Muborak) – “Lokomotiv” (Toshkent) – 0:1 (1-tur)

“Lokomotiv” (Toshkent) – “So'g'diyona” (Jizzax)– 3:0 (2-tur)

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Metallurg” (Bekobod) – 3:1 (3-tur)

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Olmaliq” (Olmaliq) – 5:0 (4-tur)

“SHo'rtan” (G'uzor) – “Lokomotiv” (Toshkent) – 2:0 (5-tur)

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi) – 2:1. (6-tur)

“Paxtakor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) – 1:2 (7-tur)

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Obod” (Toshkent) – 7:0 (8-tur)

“Navbahor” (Namangan) – “Lokomotiv” (Toshkent) – 2:2 (9-tur)

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Qizilqum” (Navoiy) – 2:0 (10-tur)

“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Lokomotiv” (Toshkent) – 1:1 (11-tur)

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Neftchi” (Farg'ona) – 4:0 (12-tur)

“Buxoro” (Buxoro) – “Lokomotiv” (Toshkent) – 1:2 (13-tur)

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Dinamo” (Samarqand) – 2:0 (14-tur)

“Bunyodkor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) – 1:0. (15-tur)

Bevosita mana shu o'tkazilgan uchrashuvlarda gol kiritgan futbolchilar haqida gap ketganda Marat Bikmaevning Oliy Liga to'purarlar ro'yxatida 13 ta gol bilan yakka peshqadamlik qilayotganini takidlash joiz. U 13 ta golning 4 tasini penaltidan kiritgan.

Jaloliddin Masharipov esa 5 ta gol (1 ta penaltidan) kiritib, jamoamizning ikkinchi to'purari bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rinda Murod Bobojonov 4 ta gol bilan bormoqda.

Temur Kapadze, Ikrom Aliboev hamda Sardor Mirzaev 3 martadan raqib darvozasini ishg'ol etishgan. Islom To'xtaho'jaev, Diyor Turopov, Kaxi Maxaradze, Salamat Qutiboev va Azizbek Amonov bir martadan to'p kiritishga erishdi.
 

“Lokomotiv” futbolchilari 1-davrada kiritgan gollar:

#   Futbolchi             Gol
1   Marat Bikmaev   13 ta (4 p.)
2   Jaloliddin Masharipov   5 ta (1 p.)
3   Murod Bobojonov   4 ta
4   Temur Kapadze, Ikrom Aliboev, Sardor Mirzaev   3 ta
5   Islom To'xtaho'jaev, Diyor Turopov, Kaxi Maxaradze, Salamat Qutiboev, Azizbek Amonov   1 ta

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика