So’nggi yangiliklar

15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  0 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  0 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  20 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  22

Oliy liga klubi shifokori: "38ta tur o'ynashga jamoalarning kuchi etadi, agar..." Yangiliklar

Oliy liga klubi shifokori: "38ta tur o'ynashga jamoalarning kuchi etadi, agar..."

Teglar :  PFLOliy ligaFormat
PFL rasmiy sayti kecha, 21 noyabr kuni kelasi yil oliy ligada 12 jamoa to'rt davrali chempionatda ishtirok etishi va musobaqa "O'zbekiston Superligasi" deb nomlanishi haqida xabar chop etdi.


Xabarda yozilishicha, O'zbekiston Superligasida jami 12ta jamoa ishtirok etadi. To'rtta davradan iborat musobaqada jami 38ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. 12ta jamoa 33ta turni o'tkazgach, 2ta guruhga bo'linadi. SHundan so'ng 1-6 o'rinlarni egallagan jamoalar chempionlik, 7-12 o'rinni egallagan jamoalar esa Superligada qolish uchun yana 5ta tur o'tkazishadi.

SHunday qilib jami 38ta tur bo'lib o'tishi haqida rasman elon qilindi. Biroq shu o'rinda bir savol tug'iladi: ftubolchilarimiz 38ta o'yinga tayyormi? Ularning organizmi va fiziologiyasi bunday talabga javob beradimi? Bu ham o'ziga yarasha qiziq mavzu albatta.

Biz shu savollarga javob topish maqsadida oliy liga klublaridan birida ishlab kelayotgan malakali shifokorga murojaat qildik. O'z nomini matbuotda chiqishini xohlamagan shifokor bu savolga shunday javob berdi:

- "O'zbekiston iqlimi va sharoitidan kelib chiqib jamoalar chempionatning o'zida 38ta tur o'tkazishga tayyor deb o'ylayman. Negaki bizda kaloriyali taomlar, shuningdek, turli meva-sabzavotlar bo'yicha muammo yo'q. Yilning istalgan faslida o'zingiz xohlagan meva yo sabzavot hamda go'sht mahsulotlarini topib istemol qilishingiz mumkin. Bu tomonlama muammo yo'q".

- "Lekin, ikkinchi tomondan bir yilda Superligada 38ta tur bo'lganidan keyin buyog'iga jamoalarning jismoniy holati birinchi o'ringa chiqadi. Futbolchilar o'zlariga yanada etiborliroq bo'lishlariga to'g'ri keladi. Biz nima uchun Germaniya, Angliya klublarini maqtaymiz? CHunki u erda har bir klubda jamoa shifokoridan tashqari fizioterapevt, kardiolog, travmatolog, farmakolog, kerak bo'lsa dietologlar faoliyat olib borishadi".

- "Bizda esa bularning ishini faqat bir kishi - jamoa shifokori bajaradi. Agar bizning klublarda ham imkoniyat bo'lib har bir yo'nalish bo'yicha bittadan yaxshi mutaxassis ishga olinsa, albatta yaxshi bo'lardi. Lekin menimcha, klublar hali bunga tayyor emas. Mablag' tomonlama muammosi yo'q klublar aytaylik, birdaniga ikki nafar shifokorni ishga olishi mumkin, ammo hammada ham bunday imkoniyat yo'q. SHu bois futbolchilar 38ta o'yin o'tkaza olishadi deb ayta olaman, faqat klublarda tibbiyot to'g'ri yo'lga qo'yilsa bo'lgani".

- "Oliy liga klubi o'rtacha bir oyda dori-darmonlar uchun 4 million so'm sarflaydi va bu pulga bemalol kerakli narsalarni sotib olsa bo'ladi. Bizda futbolchi bir yilda uzluksiz 38ta o'yinda maydonga tushishi uchun uchun jismoniy tomondan tetik hamda o'yinlardan so'ng tez tiklanuvchan bo'lishi kerak. Odatda oliy liga o'yinidan keyin futbolchilar to'rt kunda to'liq tiklanib olishadi va oltinchi kunga kelibgina keyingi bahsga tayyor holda bo'lishadi. Agar futbolchi mashg'ulot va o'yin paytida yo'qotadigan quvvatni keyinchalik o'z tanasiga kerakli vitaminlar hamda kaloriyaga boy mahsulotlar bilan qaytara olmasa, unda muammolar boshlanadi va ko'p o'yinlarni to'liq o'tkaza olmay qoladi".

X.Xoliqov.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика