So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

Oliy liga. Bugungi o'yinlarda kimda imkoniyat qanday? Yangiliklar

Oliy liga. Bugungi o'yinlarda kimda imkoniyat qanday?

Bugun oliy liganing 1-turidan o'rin olgan 5ta o'yin bo'lib o'tadi.

"Qo'qon-1912" - "Obod"
Oliy liga debyutanti "Obod" klubi elitadagi dastlabki rasmiy bahsni "Qo'qon-1912"ga qarshi safarda o'tkazadi. O'yinda Murod Ismoilov jamoasining imkoniyatlari balandroq. Sababi jamoa o'z uyida muxlislari qarshisida o'ynaydi. Toshkent klubi dastlabki muhim sinovdan qanday o'tishini bugungi o'yin orqali ko'ramiz.  
Imkoniyatlar: 55/45

"Buxoro" - "Olmaliq"
O'tgan yil "Olmaliq" Buxorodan 4:0 hisobida g'alaba bilan qaytgandi. Biroq "Buxoro" yangi mavsum oldidan o'z tarkibini kuchli va mahoratli futbolchilar bilan to'ldirib oldi. SHkvirin esa doimgidek yoshlar va bir nechta tajribali futbolchilarga ishonadi. Ikkala jamoaning ilk turdagi imkoniyatlarini teng baholadik.
Imkoniyatlar: 50/50

"Qizilqum" - "Mashal"
Navoiy klubi dastlabki turni o'z uyida "Mashal"ga qarshi o'tkazadi. Bahsda "Qizilqum"ning imkoniyatlari yuqoriroq. Biroq "Mashal" safarda bu jamoaga 9 yildan buyon yutqazmay kelayotganini ham unutmaslik kerak. Ikkala klub ham qishda transfer bozori vaqtida songa emas sifatga etibor qaratdi.
Imkoniyatlar: 55/45

"Metallurg" - "So'g'diyona"
Bekobod klubi o'z ananasiga sodiq qolib bu yil ham transfer bozorida u qadar faol bo'lmadi. Jamoani etakchilardan Javlon Mirabdullaev, Ruslan Vagapov, Alisher Ziyovuddinov va SHahzodbek nurmatov tark etishdi. "So'g'diyona" esa tarkibini 16 nafar yangi futbolchi bilan to'ldirib oldi. Davron Fayziev jamoasi o'tgan yil oliy ligada o'tish o'yini orqali qolishga erishgandi. Bu yil klub autsayderlar orasida bo'lmasligini isbotlamoqchi.
Imkoniyatlar: 55/45

"Bunyodkor" - "Neftchi"
Bu mavsumda oliy liga klublari orasida eng ko'p rasmiy o'yin o'tkazgan "Bunyodkor" klubi oliy ligadagi ilk bahsni Toshkentda "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi. O'tgan mavsum farg'onaliklar bu jamoaga qarshi kechgan ikkala bahsda ham g'alabaga erishishgandi. Biroq bugungi bahsda o'yin amaliyoti ko'proq ekanligi tufayli "Bunyodkor"ning imkoniyatlari biroz ustunroq.
Imkoniyatlar: 55/45

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика