So’nggi yangiliklar

02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  0 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  5 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  3 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  4 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9

OLIY LIGA. Bugun "Obod" - "SHo'rtan" qarama-qarshiligi Yangiliklar

OLIY LIGA. Bugun "Obod" - "SHo'rtan" qarama-qarshiligi

Teglar :  ObodSHo'rtan
Bugun oliy liganing 12-tur bahslariga start beriladi. Turning birinchi uchrashuvi Toshkentda "Obod" va "SHo'rtan" o'rtasida bo'lib o'tadi.

Oliy liga, 12-tur. 15 iyun
OBOD - SHO'RTAN


Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Boshlanish vaqti: 18:00

Turnir jadvalidagi o'rni: "Obod" 16-o'rinda (5 ochko), "SHo'rtan" 13-o'rinda (10 ochko)
Ochkolar orasidagi farq - 5 ochko

Tarif: G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi sekin-asta o'ziga kelmoqda. Bu safar ular "Obod" bilan kuch sinashishadi. O'z tarixida oliy ligada ilk bor ishtirok etayotgan "Obod" yana birinchi ligaga qaytishga birinchi raqamli nomzod bo'lib turibdi. Bu jamoadan ko'p o'yinlarda omad ochiqchasiga yuz o'giryapti. Jamoa o'tgan uchrashuvda hatto ikki bor penaltini amalga oshira olmadi. Futbolchilarning kayfiyati haqida esa bir narsa deyish qiyin. Bugungi uchrashuvda ham "SHo'rtan" favoritdek ko'rinmoqda. Har holda jamoa tarkibidagi tajribali futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi.



Fakt: "Obod" oliy ligada faqat bir marta g'alabaga erishgan yagona jamoa bo'lib turibdi. Jamoa o'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lub etgan. O'z maydonida ikkita durang qayd etgan "Obod" yana ikki bellashuvda imkoniyatni boy berdi. "SHo'rtan" oxirgi to'rt o'yinda 9 ochko jamg'ardi. Bu esa jamoaning o'ziga kelayotganidan darak beradi.  

Bilasizmi? "SHo'rtan" safarda gol urish bo'yicha "Lokomotiv"dan so'ng ikkinchi bo'lib turibdi. "Loko" shu paytgacha safar o'yinlarida 14ta, "SHo'rtan" esa 10ta to'p kiritgan.

Eslatma: Kecha bo'lib o'tgan "Obod" - "SHo'rtan" (Yoshlar ligasi) bahsida maydon egalari 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика