So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Oliy liga. 9-tur. Bugungi o'yinlar oldidan Yangiliklar

Oliy liga. 9-tur. Bugungi o'yinlar oldidan

Teglar :  Oliy liga9-tur
Bugun oliy liganing 9-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Hozircha mazkur turdan o'rin olgan bitta o'yin bo'lib o'tdi xolos.

Bugun esa oltita bahs bilan navbatdagi tur davom etadi. Xabaringiz bo'lsa kerak, "Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvi ko'chirilgan va bu o'yin 16 may kuni o'tkaziladi. Quyida esabugungi qarama-qarshiliklar oldidan bazi malumotlarni keltirib o'tamiz.  

14 may. "Navbahor" - "Qo'qon-1912"

Bir so'z bilan aytganda vodiy derbisi. Turnir jadvalidagi holat: "Navbahor" 11-o'rinda (7 ochko), "Qo'qon-1912" 13-o'rinda (6 ochko). Ochkolar orasidagi farq: bir ochko.

Fakt: "Navbahor" o'z uyida to'rtta uchrashuv o'tkazib, ikkitasida g'alaba qozondi. SHuningdek, bir bor durang yo'nab, bir marta mag'lub bo'ldi. "Qo'qon-1912" esa safarda hali g'alaba qozongani yo'q. Jamoa safarda uchta o'yin o'tkazib, barchasida mag'lub bo'lgan. Umuman olganda, "Qo'qon-1912" ketma-ket oxirgi beshta uchrashuvda yutqazdi. Qolaversa, qo'qonliklar oliy ligada eng kam gol urgan jamoa bo'lib turishibdi: atigi uchta gol.



14 may. "Bunyodkor" - "Buxoro"

Turnir jadvalidagi holat: "Bunyodkor" 2-o'rinda (22 ochko), "Buxoro" 6-o'rinda (15) ochko. Ochkolar orasidagi farq: etti ochko.

Fakt: "Bunyodkor" oliy ligada hali mag'lubiyatga uchragani yo'q. Jamoa o'z maydonida o'tkazilgan to'rtta uchrashuvdan uchtasida zafar quchdi va bir bor durang o'ynadi. "Buxoro" esa safarda mag'lub bo'lgani yo'q, jamoa safarda o'tkazilgan uchta uchrashuvdan ikkitasida g'alaba qozondi va bir marta durang qayd etdi. Demak, mazkur uchrashuv ham o'ziga yaarasha qiziq kechishi kutilmoqda.

14 may. "Qizilqum" - "Andijon"

Turnir jadvalidagi holat: "Qizilqum" 7-o'rinda (14 ochko), "Andijon" 9-o'rinda (9 ochko). Ochkolar orasidagi farq: besh ochko.

Fakt: Oliy liganing dastlabki uch uchrashuvini g'alaba bilan boshlagan "Qizilqum" oxirgi ikki o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Umumun olganda, bu yil "Qizilqum"ning natijalari chakki emas. Jamoa mavsum boshidan beri qatorasiga oltita bellashuvda mag'lubiyat nimaligini bilmadi. Bugun jamoa o'z maydonida beshinchi o'yinini o'tkazadi. Avvalgi natijalar: ikkita g'alaba, bir durang va bir mag'lubiyat.

"Andijon" esa safarda g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. "Burgutlar" shu paytgacha uchta bellashuvda g'alaba qozonishdi va har uchalasi ham uydagi o'yinlarda ro'y berdi. Jamoa safarda to'rtta uchrashuv o'tkazib, barchasida imkoniyatni boy berdi. Bugun "Andijon" ushbu noxush ananani yo'qqa chiqarishga harakat qilib ko'radi.



14 may. "Neftchi" - "Obod"

Turnir jadvalidagi holat: "Neftchi" 12-o'rinda (7 ochko), "Obod" 16-o'rinda (2 ochko). Ochkolar orasidagi farq: 5 ochko.

Fakt: "Neftchi" natijalari umuman tushunarsiz. Vodiyning eng etakchi klubining hozirgi o'rniga havas qilib bo'lmaydi. "Neftchi" hozircha ikki bor g'alaba qozondi. SHunday bo'ldiki, farg'onaliklar ketma-ket uch o'yinda mag'lub bo'lishdi. Jamoa oxirgi ikki turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Lekin bugungi raqib "Obod" ekanligini hisobga olsak, "Neftchi" o'z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozib qo'yishi mumkin.

Oliy liga debyutanti "Obod" haqida nima deyish mumkin, ular elitada g'alaba qozonmagan yagona jamoa bo'lib turishibdi. O'z maydonida ikki bor durang o'ynagan "Obod" oxirgi to'rt bellashuvda yutqazib qo'ydi. Bu ketishda jamoa yana birinchi ligaga ravona bo'lishi mumkin.

14 may. "So'g'diyona" - "Olmaliq"

Turnir jadvalidagi holat: "So'g'diyona" 10-o'rinda (8 ochko), "Olmaliq" 8-o'rinda (9 ochko). Ochkolar orasidagi farq: bir ochko.

Fakt: "So'g'diyona" hozircha ikkita bahsda g'alaba nashidasini surdi. Jamoa hisobida shuningdek, ikkita durang va to'rtta mag'lubiyat bor. Bundan tashqari, o'z maydonida uchta uchrashuv o'tkazgan jizzaxliklar faqat bittasida imkoniyatni boy berishdi. Jamoa "Lokomotiv"dan bir ochko olgan bo'lsa, "Mashal" ustidan zafar quchdi. Bundan ko'rinib turibdiki, "So'g'diyona" bugun "Olmaliq"qa ham jiddiy qarshilik ko'rsatadi.

"Olmaliq"dek kuchli jamoa negadir bu yil o'z o'yinini namoyish eta olmayapti. Jamoa hisobida hozircha uch g'alaba mavjuda va uchalasi ham uydagi bahslarda qo'lga kiritilgan. SHu paytgacha to'rt marta safarda to'p tepgan "Olmaliq" barchasida mag'lub bo'ldi.



14 may. "Mashal" – "SHo'rtan"

Qashqadaryo derbisi. O'ziga yarasha shiddatli kechishi kutilayotgan uchrashuvlardan biri bugun Muborakda bo'ladi.

Turnir jadvalidagi holat: "Mashal" 15-o'rinda (4 ochko), "SHo'rtan" 14-o'rinda (4 ochko). Ochkolar orasidagi farq: nol ochko. "SHo'rtan" faqat to'plar nisbatiga ko'ra "Mashal"dan bir pog'ona yuqorida turibdi.

Fakt: Hozirgacha faqat bir o'yinda g'alaba qozongan "Mashal" oxirgi to'rt uchrashuvda yutqazib qo'ydi. Va shu to'rtta o'yindan ikkitasida gol ura olmadi. Umuman olganda, bu yilgi "Mashal"ni ham unchalik tanib bo'lmayapti. "SHo'rtan"ga keladigan bo'lsak, va nihoyat bu jamoa 8-turga kelib o'zining dastlabki g'alabasini nishonladi. G'uzorliklar o'z uylarida "So'g'diyona"ni mag'lub eta olishdi. Bungacha esa jamoa ketma-ket oltita uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Lekin oxirgi ikki o'yinda "SHo'rtan" to'rt ochko jamg'ardi. Bugun bo'lib o'tadigan voha derbisida ham "SHo'rtan" bor kuchini ishga solishga urinib ko'radi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика