So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Oliy liga. 7-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 7-tur ramziy terma jamoasi

20-22 aprel kunlari oliy ligada 7-tur bahslari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Oliy ligani muvaffaqiyatsiz boshlagan "Neftchi" nihoyat mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Farg'onaliklar Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'lib 1:0 hisobida zafar quchishdi. Bu g'alabada "Neftchi" posboni Abdumavlon Abdujalilovning xissasi katta bo'ldi. Raqibning bir qator xavfli zarbalarini qaytarishga erishgan Abdujalilov ramziy terma jamoadan o'rin oldi.



"Buxoro"ning legioner himoyachisi Vladimir Baenko "Mashal" bilan bahsda anchagina yaxshi harakat qildi. Himoyada ishonchli o'ynashdan tashqari raqib darvozasini ishg'ol qilishga ham erishdi.



"Qizilqum" bu turni safarda o'tkazdi. "Olmaliq" bilan uchrashuvda o'ng qanot himoyasida o'ynagan SHerali Jo'raev tezkor harakatlari va driblinglari bilan jamoasiga foyda keltirdi. Natijada navoiyliklar safardan bir ochko bilan qaytishdi.



SHu bahsda mezbonlar safida Abduqahhor Xojiakbarov ham faol bo'ldi. O'ng qanot himoyachisi o'z qanotida juda tezkor harakat qildi va jamoadoshlarini bir necha marta golli vaziyatlarga chiqardi.



Aslida "Bunyodkor"ga tegishli bo'lgan Javohir Qahramonov mavsumni ajoyib tarzda boshladi. "Dinamo"da ijarada o'ynayotgan Qahramonov "qaldirg'ochlar" bilan o'yinda juda yaxshi o'ynadi. Jamoasining yagona goliga ham aynan Javohir mualliflik qilgani qiziq holat bo'ldi.



"Qo'qon-1912" vakili Suhrob Berdiev tur qahramoni bo'ldi desak yanglishmaymiz. Sababi Berdiev "Metallurg" bilan uchrashuvda bu mavsumda oliy ligada xet-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi.



"Navbahor" bu turni o'z uyida "SHo'rtan"ga qarshi o'ynadi. O'tgan turlarda "Lokomotiv" va "Paxtakor"ni mag'lub etgan g'uzorliklar bilan bahs shiddatli kechdi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golga mezbonlar yarim himoyachisi Oybek Qilichev mualliflik qildi.



"Mashal" 7-turda Buxoroda "Buxoro" mehmoni bo'ldi. 2:2 hisobida yakunlangan jangovor bahsda mehmonlar sardori Zafar To'raev doimgidek faol o'ynadi va o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.



Turning markaziy bahsida "Lokomotiv" "Paxtakor"ni mag'lub etishga erishdi. Derbida "temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev juda ham yaxshi o'ynadi. Aldamchi harakatlari, chiroyli to'p uzatishlari va samarali harakatlari bilan jamoasiga foyda keltirgan Ikrom ramziy termaga kiritildi.



"Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev "sherlar" bilan o'yinda dublga erishib jamoasi g'alabasiga zamin yaratdi. Bikmaev oliy ligada 7ta gol bilan chempionat to'purari bo'lib turibdi.



"Nasaf" safida "Obod" bilan o'yinda gol urgan Dragan CHeran ramziy terma jamoaga kiritildi. Legioner hujumchining goli "ajdarlar"ga 3 ochko keltirdi.


Championat.asia talqiniga ko'ra oliy liganing 7-turi ramziy terma jamoasi


Darvozabon
Abdumavlon Abdujalilov "Neftchi"

Himoyachilar
Vladimir Baenko "Buxoro"
SHerali Jo'raev "Qizilqum"
Abduqahhor Xojiakbarov "Olmaliq"

Yarim himoyachilar
Javohir Qahramonov "Dinamo"
Suhrob Berdiev "Qo'qon-1912"
Oybek Qilichev "Navbahor"
Zafar To'raev "Mashal"
Ikrom Aliboev "Lokomotiv"

Hujumchilar
Marat Bikmaev "Lokomotiv"
Dragan CHeran "Nasaf"



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика