So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  9 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  3 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  91 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  54 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

Oliy liga. 7-tur. "Navbahor" 10 kishi bo'lib "Obod"dan ustun keldi Yangiliklar

Oliy liga. 7-tur. "Navbahor" 10 kishi bo'lib "Obod"dan ustun keldi

Teglar :  NavbahorObod
Namanganda "Navbahor" klubi "Obod"ni taslim qildi.
Namangandagi o'yinning 25-daqiqasida Azam Alievga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatilgani uchun penalti belgilandi. 11 metrli jarima to'pini Akram Bahritdinov aniq amalga oshirdi - 1:0.

31-daqiqada Anvar Rajabovning burchakdan uzatgan to'pini Dilshod Jabborov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:0. Birinchi bo'lim oxirida Pavel Solomin 17 metrlardan burama zarba yo'llab hisobni qisqartirdi - 2:1.

57-daqiqada mezbonlar himoyachisi Obid Jo'raboev ikkinchi bor sariq kartochka olib maydonni barvaqt tark etdi. 10 kishi bo'lib qolgan "lochinlar" g'alabali hisobni saqlab qolishdi.

Navbahor (Namangan) – Obod (Toshkent) 2:1
30 aprel 2016. Namangan. "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

Gollar: Akram Bahritdinov 26 penalti, - 1:0 (Azam Aliev). Dilshod Jabborov 31, - 2:0 (Anvar Rajabov). Pavel Solomin 43, - 2:1.

"Navbahor": 25. Akmal Ortiqov, 3. Aziz G'ulomxo'jaev, 7. Akram Bahritdinov, 9. Dilshod Jabborov (S), 15. Obid Jo'raboev, 18. Anvar Rajabov (70. Alibobo Rahmatullaev, 60), 21. Azam Aliev, 22. Sardor Azimov (8. Sanjar Asqaraliev, 80), 29. Igor Golban, 33. Tohir SHamsitdinov, 77. Oleksandr Pishur (11. Mo'ydin Mamazulumov, 66).
Zaxira: 12. Aleksandr Korniychuk, 2. Hasan Asqarov, 4. Xayrullo Karimov, 13. Xyunyeon CHoy.

“Obod”: 91. Davron Jo'raqulov, 3. Ilhom Komilov, 4. Xurshid G'iyosov, 6. SHerzod Jalilov (22. Islom Ismoilov, 63), 7. Javohir Qahramonov (13. Umid Matmusaev, 65), 8. Doniyor Hasanov (S), 9. Pavel Solomin, 11. SHohruz Norxonov, 14. Akbar Xo'jaev, 20. Alisher Mirzaev (10. Alisher Azizov, 74), 23. Javlon Iskandarov.
Zaxira: 12. Dilshod Hamroev, 15. Sanjar Baratov, 19. Abbos Ikromov, 24. Vladislav Nuriev.

Ogohlantirishlar: Azam Aliev 19, Obid Jo'raboev 35, SHerzod Jalilov 48, Doniyor Hasanov 54, Umid Matmusaev 72, Xurshid G'iyosov 86, Sanjar Asqaraliev 90+1.

CHetlatish: Obid Jo'raev 57 (2SK)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика