So’nggi yangiliklar

09:21"Реал" етакчиси ЖЧ сабабли оёғини операция қилдирмайди  0 08:52РПЛ ва Биринчи лигадаги тўққизта ҳакам тергов остида — РБК хабари  2 08:23Европа лигаси. 1/8 финал жуфтликлари маълум  0 07:54Неймарнинг дубль "Сантос"га ғалаба келтирди  1 07:25Суперлига. Бугун янги мавсумга старт берилади  7 02:10Даниэль Фарке: "Гвардиола ҳаммадан бир қадам олдинда"  3 01:44Европа лигаси. "Панатинаикос" пенальтилар сериясида ҳал қилди, "Селтик" 28-сонияда гол урди ва бошқа натижалар  0 01:31Конференциялар лигаси. "Самсунспор" 4та гол уриб, "Фиорентина" 4та гол ўтказиб юбориб 1/8 финалга йўл олди  1 00:46Серлот, Хвича ва бошқалар: ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 00:19Престианни тан олди  27 23:51"Машъал" янги мавсум учун қайдномани эълон қилди  5 23:36"Бухоро" янги мавсум учун қайдномани эълон қилди  2 23:22"Андижон" янги мавсум учун қайдномани эълон қилди  15 23:08"Динамо" янги футболчиларини таништирди  7 22:52Эрон. "Трактор" кичик ҳисобда ғалабага эришди, Ҳамробеков...  0

Oliy liga. 6-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 6-tur ramziy terma jamoasi

14-16 aprel kunlari oliy ligada 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra saytimiz xodimlari tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

Bu turni Bekobodda o'tkazgan "Navbahor" klubi ortga durang bilan qayta oldi. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari orasida darvozabon Asilbek Omonov boshqalardan ajralib tura oldi. U o'z darvozasiga yo'llangan zarbalarni qaytarib jamoasining durangga erishishida katta xissa qo'shdi.



O'tgan tur "Nasaf"ni mag'lub etgan "Olmaliq" bu safar Toshkentda "Obod" mehmoni bo'ldi. Zerikarli o'tgan bahsda bittagina gol barchasini hal qildi. Bu golning qadri Viktor Kumikov shogirdlari uchun juda katta edi. SHu bois Vladislav Kasiminin ramziy termaga kiritishga qaror qildik.



"Qo'qon-1912" Muborakda "Mashal" mehmoni bo'ldi. Bu uchrashuvda mehmonlar himoyachisi Akmal Xolmurodov ishonchli o'ynadi, bundan tashqari o'z nomini tabloga yozdirib qo'ya oldi.



Mavsumni omadsiz tarzda boshlagan "Bunyodkor" nihoyat bu turda g'alaba qozona oldi. "Qaldirg'ochlar" Farg'onadan 3 ochko bilan qaytishdi. Bunda jamoa o'ng qanot himoyachisi Dilshodbek Ahmadalievning xissasi katta bo'ldi. Himoyachi o'z vazifasini yaxshi bajarishdan tashqari hujumchilarga yordam berib muhim golni urishga erishdi.



"Dinamo" ikki mag'lubiyatdan so'ng yana g'alabaga erisha oldi. Jamoa o'z maydonida "Buxoro"dan ustun keldi. Qanot yarim himoyachisi Orif Mamajonov shu kuni maydonda juda faol o'ynadi. U o'z hisobiga gol yozib qo'yishdan tashqari Javohir Qahramonovga golli pas oshirdi.



"Bunyodkor" tarkibida juda ham faol o'ynagan yana bir futbolchi bu Dostonbek Hamdamov bo'ldi. Uning bir nechta zarbalari xavfli chiqdi, bir marta u darvoza ustunini nishonga oldi. Baribir jarima to'pidan gol ura olgan Hamdamov ramziy termaga kiritildi.



"So'g'diyona" Navoiyda o'zi uchun g'alabaga teng bo'lgan durang qayd etdi. Jarima to'pidan chiroyli gol urgan Sanjar Rashidov mavsumda ikkinchi bor ramziy termaga kiritildi. Rashidovning goli yakunda Jizzax klubiga safardagi muhim 1 ochko keltirgani oydinlashdi.



"SHo'rtan" o'z maydonida grandlarni "adabini" berishda davom etadi. G'uzor klubi o'tgan tur "Lokomotiv"ni mag'lub etgandi. Bu safar jamoa "Paxtakor"ni tor-mor etdi. Yarim himoyachi Marufxon Murodov "sherlar"ga qarshi juda yaxshi o'ynadi va golli pas oshirishga erishdi.



"Mashal" bu turni o'z uyida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazdi. Mezbonlar bahs davomida raqibga yutqazib turib so'nggi daqiqalarda gol urib mag'lubiyatdan qutulib qolishdi. SHu kuni raqibga tinchlik bermagan Humoyun Murtazoev baribir o'z niyatiga etdi va gol ura oldi.



"Lokomotiv" turning markaziy o'yinida "Nasaf"ni mag'lub eta oldi. SHu kuni "temiryo'lchilar" safida hujumchi Marat Bikmaev juda faol hamda foydali o'ynay oldi. Hujumchi ikkala taymda bittadan gol urib "Lokomotiv"ning g'alabasiga katta xissa qo'shdi va ikkinchi bor ramziy terma jamoadan o'rin oldi.



"SHo'rtan"ning "Paxtakor" ustidan qozongan yirik g'alabasida asosiy ishni hujumchi Igor Taran bajardi. Tajribali futbolchi "sherlar" darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.



Championat.asia talqiniga ko'ra oliy liganing 6-turi ramziy terma jamoasi

Darvozabon
Asilbek Omonov "Navbahor"  (Ramziy terma jamoada 2-marta)

Himoyachilar
Vladislav Kasminin "Olmaliq"  (2)
Akmal Xolmurodov "Qo'qon-1912"
Dilshodbek Ahmadaliev "Bunyodkor"

Yarim himoyachilar
Orif Mamajonov "Dinamo"
Dostonbek Hamdamov "Bunyodkor" (2)
Sanjar Rashidov "So'g'diyona"  (2)
Marufxon Murodov "SHo'rtan"

Hujumchilar
Humoyun Murtazoev "Mashal" (2)
Marat Bikmaev "Lokomotiv" (2)
Igor Taran "SHo'rtan"



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика