So’nggi yangiliklar

07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  1 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  4 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  3 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  17

Oliy liga. 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 4-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 4-turidan o'rin olgan 8ta uchrashuv bo'lib o'tdi. Tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing.

Namanganing "Navbahor" klubi bu turda Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'ldi. "Dinamo" dastlabki uchta o'yinda 3ta g'alabaga erishib chempionat peshqadami bo'lib turgandi. Jamoa xatto gol ham o'tkazmagandi. "Dinamo"ning bu "yurishini" "lochinlar" to'xtatishga erishishdi. Bunda "Navbahor" darvozaboni Asilbek Omonovning xissasi katta bo'ldi deyish mumkin. Raqibning bir qator zarbalarini qaytarishga erishgan Omonov ramziy terma jamoamizga kiritildi. 



"Navbahor" himoyachisi Jahongir Mehmonov bu yil ikkinchi bor tur ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. Sababi Mehmonov ham Omonov singari Samarqanddagi bahsda jamoasining muhim g'alabasiga katta xissa qo'shdi. Hujumlarni qaytarishda faol o'ynagan Jahongir havodagi paslarni qaytarib turdi.



"Mashal" 4-turning sensacion g'alabalaridan birini qo'lga kiritdi. Muborak klubi o'z uyida "Paxtakor"ni qabul qilib raqib darvozasiga javobsiz 3ta gol urishga erishdi. CHap qanot himoyasida o'ynagan Iskandar SHoyqulov bahsdagi hisobni ochdi. Uning urgan goli juda ham chiroyli chiqdi, qisqa qilib super gol deb atasa bo'ladi. Himoyachi o'z ishini ham alo darajada bajarganini aytish mumkin.



"Obod" himoyachisi Sardor Qahhorov ikkinchi bor ramziy terma jamoadan o'rin oldi. Himoyachi "Bunyodkor" bilan derbida juda ham yaxshi o'ynadi. Yana bir muhim fakt: Norxonov to'p kiritganida aynan Qahhorov golli pas oshirdi.



Mavsumni mag'lubiyatlar bilan boshlagan "Metallurg" nihoyat bu turga kelib g'alabaga erishdi. Bekobodliklar o'z maydonida "SHo'rtan"ni taslim qildi. SHu kuni Dilmurod Karimov ikkita gol urishga erishdi va haqli ravishda terma jamoaga kiritildi.



Jarohati tufayli mavsumning ilk turlarini o'tkazib yuborgan Ikrom Aliboev nihoyat safga qaytdi. Uning "Olmaliq"qa qarshi o'tkazgan o'yini ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirgani aniq. Jarimadan urgan goli ham ajoyib chiqdi.



"Navbahor"ning Samarqanddagi g'alabasini taminlagan golga mualliflik qilgan Oybek Qilichev ramziy termadan joy oldi. To'g'ri Qilichev zaxiraga olinganidan so'ng qizil kartochka oldi, ammo jamoasi g'alabani saqlab qola oldi.



"Buxoro" ham bu turda safarda g'alabaga erishdi. Navoiydagi bahs taqdirini hal qilgan golga legioner yarim himoyachi Ivor Veycer mualliflik qildi.

"Mashal"ning "Paxtakor" ustidan qozongan yirik g'alabasida hujumchi Humoyun Murtazoevning xissasi katta bo'ldi. Tezkor va harakatchan hujumchi o'yin davomida raqib himoyachilariga tinchlik bergani yo'q. Bundan tashqari Murtazoev o'yindagi oxirgi golga mualliflik qildi.



"Qo'qon-1912" hujumchisi Filip Rayevac bu mavsum uchinchi marta ramziy terma jamoaga kirdi va bu borada hozircha rekordchi bo'lib turibdi. Legioner hujumchi ketma-ket gollar urib jamoasining g'alabalariga xissa qo'shmoqda. Farg'onada "Neftchi"ni mag'lub etishda ham Rayevacning urgan goli yordam berdi.


Oliy liganing 4-turida "Nasaf" hujumchisi Dragan CHeran "So'g'diyona"ga qarshi bahsda dublga erishdi. SHu tariqa, CHeran bu mavsum oliy ligada o'zi maydonga tushgan barcha uchta o'yinda ham gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hujumchi 4ta gol bilan ayni paytda chempionat to'purari bo'lib turibdi. Boshqa hech bir futbolchi 4ta gol ura olmadi.




Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 4-tur ramziy terma jamoasi

Darvozabon:
Asilbek Omonov "Navbahor"

Himoyachilar:
Jahongir Mehmonov "Navbahor" (Bu mavsum 2-marta ramziy terma jamoada)
Iskandar SHoyqulov "Mashal"
Sardor Qahhorov "Obod" (2)

Yarim himoyachilar:
Dilmurod Karimov "Metallurg"
Ikrom Aliboev "Lokomotiv"
Oybek Qilichev "Navbahor"
Ivor Veycer "Buxoro"

Hujumchilar:
Humoyun Murtazoev "Mashal"
Filip Rayevac "Qo'qon-1912" (3)
Dragan CHeran "Nasaf"


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика