So’nggi yangiliklar

10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  3 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  22 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  19 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  5 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  8 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6

Oliy liga. 3-tur prevyusi Yangiliklar

Oliy liga. 3-tur prevyusi

16-18 mart kunlari oliy liganing uchinchi turidan o'rin olgan 5ta o'yin bo'lib o'tadi. Ushbu tur prevyusi bilan tanishing.

Oliy liga. 3-tur.
Navbahor (Namangan) – Neftchi (Farg'ona)
16 mart 2017. Namangan. "Markaziy" stadion. 17:00
Hakamlar
: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Aleksandr Lupashko (Toshkent)
Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent).
PFLUz vakili: Noil Lutfulin.

"Navbahor" mavsumning dastlabki ikki uchrashuvida 3 ochko to'pladi. Ilk turda Ilhom Mo'minjonov shogirdlari "Obod"ni mag'lub etishdi va safarda "Qizilqum"ga yutqazishdi.

"Neftchi" hozircha 1 ochkoga ega. Farg'onaliklar birinchi turda G'uzorda "SHo'rtan"ga yutqazib o'z maydonida "Paxtakor" bilan durang o'ynadi.

2011 yildan buyon "Navbahor" o'z uyida "Neftchi"ga mag'lub bo'lmayapti. Yani "Lochinlar" "Neftchi" bilan o'z maydonidagi so'nggi beshta uchrashuvda 3ta g'alaba va 2ta durang qayd etishdi.

O'tgan yil "Neftchi"da o'ynagan Alisher Samatov, Jahongir Mehmonov va Mansur Saidov bu yil "Navbahor" safida o'ynashmoqda. O'z navbatida Akrom Bahritdinov qishda "lochinlar" safidan "Neftchi"ga ko'chib o'tdi.


             NAVBAHOR              
 
      Ko'rsatkich     
 
                    NEFTCHI                 
 
50 O'yin 50
13 Yutuq 25
12 Durang 12
25 Mag'lubiyat 13
50 Gol urgan 75
75 Gol o'tkazgan 50
51 Ochko 87



SHo'rtan (G'uzor) – Mashal (Muborak)
18 mart 2017. G'uzor. "G'uzor" stadioni.
Hakamlar:
Valentin Kovalenko (Toshkent), Ruslan Serazetdinov (Toshkent), Nabijon Ro'zimov (Toshkent), Naim Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: Oleg Rubakov (Toshkent).
PFLUz vakili: Axrol Inoyatov.

"SHo'rtan" hisobida ham, "Mashal" hisobida ham ayni paytda 3 ochko bor. G'uzor klubi o'z uyida "Neftchi"ni mag'lub etdi va Samarqandda "Dinamo"ga yutqazdi. "Mashal" esa dastlabki ikki uchrashuvni ham o'z uyida o'tkazdi. Ilk turda "Lokomotiv"ga yutqazgan Xomyakov shogirdlari "Metallurg"dan ustun kelishdi.

"Mashal" oxirgi uchta o'yinda "SHo'rtan"ga safarda umuman gol ura olmagan va bir xil 0:1 hisoblarida mag'lub bo'lgan.

O'tgan yil "Mashal"da o'ynagan Siroj Hamroev bu mavsum "SHo'rtan"da faoliyat olib bormoqda. 


               SHO'RTAN             
 
          Ko'rsatkich          
 
                MASH'AL                
 
20 O'yin 20
8 Yutuq 11
1 Durang 1
11 Mag'lubiyat 8
19 Gol urgan 33
33 Gol o'tkazgan 19
25 Ochko 34


Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Qizilqum (Navoi)
18 mart 2017. Qo'qon. "Markaziy" stadion.
Hakamlar:
Vladislav Ceytlin (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent), SHavkat Nasibullaev (Toshkent)
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev (Toshkent).
PFLUz vakili: Valeriy Lyotkin.

Dastlabki ikki turda "Qo'qon-1912" bir, "Qizilqum" uch ochko to'pladi. Vodiy klubi o'z uyida "Nasaf"ga yutqazdi va Toshkentda "Obod" bilan durang o'ynadi. "Qizilqum" esa Toshkentda "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi va Navoiyda "Navbahor"ni taslim qildi.

"Qo'qon-1912" ushbu jamoa bilan 10ta o'yin o'tkazib faqat ikki marta mag'lub etgan. Ikkala safar ham uchrashuv Qo'qonda o'tgan.

"Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Otabek Zokirov bu yil "Qizilqum"ga o'tdi.

          QO'QON-1912             
 
            Ko'rsatkich          
 
                 QIZILQUM            
 
10 O'yin 10
2 Yutuq 7
1 Durang 1
7 Mag'lubiyat 2
10 Gol urgan 25
25 Gol o'tkazgan 10
7 Ochko 22


Buxoro (Buxoro) – Obod (Toshkent)
18 mart 2017. Buxoro. "Buxoro" stadioni.
Hakamlar
: Baxtier Namozov (Toshkent), Ravil SHoyaxmetov (Toshkent), Andrey Snetkov (Toshkent vil.), Ravshan Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov (Samarqand).
PFLUz vakili: Bobur Haydarov.

"Buxoro" hozircha bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etdi. Ilk turda Ulug'bek Baqoev shogirdlari "Olmaliq"dan ustun kelib ikkinchi turda "Nasaf"ga imkoniyat boy berildi. "Obod" esa dastlab "Navbahor"ga safarda yutqazdi va o'z maydonida "Qo'qon-1912" bilan murosaga keldi.

Bu jamoalar oliy ligada faqat ikki marta to'qnash kelishgan. Hozircha "Obod" "Buxoro" darvozasiga umuman gol ura olmagan.

            BUXORO            
 
              Ko'rsatkich             
 
                    OBOD                  
 
2 O'yin 2
1 Yutuq 0
1 Durang 1
0 Mag'lubiyat 1
1 Gol urgan 0
0 Gol o'tkazgan 1
4 Ochko 1


So'g'diyona (Jizzax) – Olmaliq (Olmaliq)
18 mart 2017. Jizzax. "Jizzax" stadioni.
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev (Buxoro), Xusnudin SHodmonov (Buxoro), Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro), SHuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Farxod Abdullaev (Toshkent).
PFLUz vakili: Aleksey Frolov.

"So'g'diyona" dastlabki ikki turda ham mag'lub bo'ldi. Davron Fayziev shogirdlari Toshkentda "Bunyodkor" va "Lokomotiv"ga yutqazib qo'ydi.

"Olmaliq" esa "Buxoro"ga yutqazib, "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi.

“So'g'diyona” o'z maydonidagi o'yinlarda bu raqibga umuman yutqazmagan. To'rt bor g'alaba qozongan va 3 marta durang o'ynagan. “So'g'diyona” uyida o'tgan oxirgi uchta bahsda gol o'tkazmagan.

"Olmaliq" yarim himoyachisi Doston Abdurahmonov qishda "So'g'diyona"ga ko'chib o'tdi.

              SO'G'DIYONA       
 
            Ko'rsatkich            
 
              OLMALIQ                
 
14 O'yin 14
5 Yutuq 5
4 Durang 4
5 Mag'lubiyat 5
22 Gol urgan 26
26 Gol o'tkazgan 22
19 Ochko 19


"Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvi 12 mart kuni bo'lib o'tdi. "Metallurg" - "Lokomotiv" va "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvlari esa terma jamoa o'yini tufayli boshqa muddatga qoldirilgan.



Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика