So’nggi yangiliklar

10:11Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) энг қиммат футболчилар рейтингини янгилади  0 09:44Ўтган мавсум А Серияда 11 та гол урган ҳужумчи фаолиятини “Рома“да давом эттириши мумкин  0 09:17УEФА Чемпионлар Лигасининг янги мавсумида “Барселона“ни очколардан маҳрум қилиши мумкин  14 08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  9 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  12 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  9 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  29 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  1 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  3 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  4 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  4 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  11

Oliy liga. 28-tur. "Bunyodkor" va "Paxtakor"dan g'alabalar Yangiliklar

Oliy liga. 28-tur. "Bunyodkor" va "Paxtakor"dan g'alabalar

Teglar :  Oliy liga28-tur
Bugun oliy liganing 28-turidan o'rin olgan 3ta o'yin bo'lib o'tdi.
Samarqanddagi o'yinning 5-daqiqasida chap qanotdan boshlangan hujumni Artur Gevorkyan darvozaga aniq yo'naltirdi. Muhiddin Xudoyorov to'pni egallab oldi. Keyingi daqiqada Kamoliddin Murzoev o'ng qanotdan katta tezlikdar jarima maydoniga kirib zarba berdi. Biroz noaniq.


21-daqiqada Alisher Yusupovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 40-daqiqada "Dinamo"ning kam sonli hujumlaridan biri SHarofitdinovning 16 metrlardan yo'llangan zarbasi bilan yakunlandi. Noaniq. 44-daqiqada Kamoliddin Murzoev deyarli birga bir vaziyatga chiqib borgandi. O'tkir Yusupov tezlik bilan to'pga yugurib chiqib, vaziyatni bartaraf etdi.

52-daqiqada Kamoliddin Murzoev darvozabon bilan birga vaziyatga chiqdi. Ammo hujumchining o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini Yusupov qaytardi. 67-daqiqada Kamoliddin Murzoev jamoadoshi uzatgan to'pni ajoyib tarzda qabul qilib oldi va o'tkir burchakda turishiga qaramay aniq yo'lladi.

77-daqiqada Doniyor Narzullaevning qanotdan uzatgan to'pini Ilhom SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:1.


Dinamo (Samarqand) – Nasaf (Qarshi) 1:1
31 oktyabr 2015. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 15:00
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

Gollar: Kamoliddin Murzoev 67, - 1:0. Ilhom SHomurodov 77, - 1:1 (Doniyor Narzullaev).

"Dinamo": 25.Muhiddin Xudoyorov, 5.Ildar Mamatkazin, 7.Otabek Zokirov (26.Komil SHarofutdinov, 83), 13.Hasan Asqarov, 16.Akmal Xolmurodov, 20.Farruh SHotursunov (95.Firdavs Abdusalimov, 68), 55.Avaz Agaliev, 60.Dilshod SHarofetdinov, 61.Artyom Filiposyan, 66.Akmal Bozorov, 97.Kamoliddin Murzoev.
Zaxira: 27.Andrey Melnichuk, 4.Bunyod Isroilov, 17.Jasur Azimov, 30.Feruz Boboqulov, 85.Hamdam Rahmonov.

"Nasaf": 30.O'tkir Yusupov, 4.Maqsud Karimov (14.SHarof Muhiddinov, 87), 6.Aziz G'aniev, 9.Ilhom SHomurodov, 16.Alisher Yusupov, 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abdurahimov (7.Akram Bahriddinov, 61), 22.SHohruh Gadoev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 34.Farrux Sayfiev, 41.Azamat Allaniyozov.
Zaxira: 1.Alibek Turobov, 23.SHerzod Azamov, 33.Odil Hamrobekov, 38.Doniyor Narzullaev, 43.Bobur Abduxoliqov.

Ogohlantirishlar: Bahrom Abdurahimov 57.


Muborakdagi o'yin start oldi. 39-daqiqada Karimov jarima zarbasini ijro etdi to'p Maxaradzening boshiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi biroq ozgina noaniq. Birinchi bo'lim oxirida Jaloliddin Masharipovning pasidan so'ng Igor Sergeev hisobni ochdi - 0:1.

82-daqiqada Zafar To'raev jamoadoshlari boshlagan hujumni gol bilan yakunladi - 1:1. 87-daqiqada Ixtiyor Toshpo'latov ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. 90+1-daqiqada Igor Sergeev gol urdi - 1:2.


Mashal (Muborak) – Paxtakor (Toshkent) 1:2
31 oktyabr 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:00
Hakamlar:
R. Bobomuradov (Navoiy), H. SHodmonov (Buxoro), O. Jumaev (Navoiy), O. To'ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

Gollar: Igor Sergeev 45+1, - 0:1 (Jaloliddin Masharipov). Zafar To'raev 82, - 1:1. Igor Sergeev 90+1, - 1:2.

Mashal: 30.Botir Nosirov, 5.G'iyosjon Komilov, 10.Jamshid Hasanov (25.Ixtiyor Toshpo'latov, 46), 13.SHahzod SHaymanov, 18.Abbos SHodmonov, 20.SHerzod Fayziev (7.Jahongir Jiyamuradov, 80), 22.Sirojiddin Hamroev, 23.Mirzohid G'ofurov (17.Abdulla Nabiev, 77), 26.Zohir Qo'ziboev, 55.Mikita Bukatkin, 90.Zafar To'raev.
Zaxira: 1.Sanjar Quvvatov, 16.Xolmurod Xolmurodov, 24.Sirojiddin Raxmatullaev, 93.Iskandar SHoyqulov.

Paxtakor: 12.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimec, 7.Kaxi Maxaradze, 8.SHerzod Karimov (5.Akbar Ismatullaev, 82), 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Jamshid Iskanderov (28.Stanislav Andreev, 61), 11.Igor Sergeev, 15.Javohir Sohibov, 21.Kamoliddin Tojiev, 23.Aleksandr Merzlyakov (29.Vladimir Kozak, 89), 24.Davron Hoshimov.
Zaxira: 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovac, 6.Murod Xolmuhammedov, 18.Bahodir Pardaev.

Ogohlantirishlar: Abbos SHodmonov 16, Ixtiyor Toshpo'latov 52, Siroj Hamroev 70, Javohir Sohibov 70, Zafar To'raev 87.


Toshkentdagi o'yinning 14-daqiqasida SHodiev chamasi 35 metrlardan "Andijon" darvozasi tomon zarba berdi. Moshnyaga to'pni egallab oldi. 35-daqiqada Karpenkoning jarima zarbasidan tepgan to'pini Moshnayaga qiynalib ushlab oldi. 40-daqiqada SHukur Jumaboev "Bunyodkor" darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Zuhurov to'pni burchakka chiqarib yubordi. Birinchi bo'limida hisob ochilmadi.

58-daqiqada Zuagi oshirgan to'pni SHodiev qabul qilib oldi va yaqin masofadan darvozaga kuchli zarba yo'llab, hisobni ochdi - 1:0. Anvar G'ofurov uzatgan to'pdan so'ng Hamdamov qulay vaziyatga chiqib bordi va osonlik bilan hisobni 2:0ga oshirdi.

70-daqiqada SHomurodovning pasidan so'ng Hamdamov dublga erishdi - 3:0. 80-daqiqada Sato Minorining chiroyli zarbasi golga aylandi - 4:0.


Bunyodkor (Toshkent) – Andijon (Andijon) 4:0
31 oktyabr 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 17:00
Hakamlar
: V. Agishev (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).

Gollar: Vohid SHodiev 58, - 1:0 (SHaker Zuagi). Dostonbek Hamdamov 65, - 2:0 (Anvar G'ofurov). Dostonbek Hamdamov 70, - 3:0 (Eldor SHomurodov). Sato Minori 80, - 4:0 (Dostonbek Hamdamov)

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (S), 6.Anvar G'ofurov, 7.SHaker Zuagi, 9.Minori Sato, 14.Vohid SHodiev, 19.Zabihillo O'rinboev (17.Doston Hamdamov, 46), 22.Rustam Ashurmatov, 39.Eldor SHomurodov, 77.Viktor Karpenko (27.Sardor Sobirxo'jaev, 68).
Zaxira: 1.Pavel Bugalo, 5.Dilshod Jo'raev, 20.Samir Bekrich,  48.Akrom Komilov, 88.Anvar Rajabov.

“Andijon”: 12.Gennadiy Moshnyaga, 2.Tursunboy Xusanov, 3.Davron Tursunov, 6.Ibrohim Otaxonov (S), 8.SHukur Jumaboev, 13.Anvar Berdiev (14.Abdulatif Abduqodirov 68), 18.Rustam Azamov (11.Abdumalik Abdullaev 63), 21.Javlon Guseynov, 30.Abdulloh Olimov ((33.Umrillo Ramazonov 76), 55.Asror Rahmonov, 67.Farhod Bekmurodov
Zaxira: 1.Eldor Isaboev, 4.Rahim Qodirov, 7.Asqar Jadigerov, 23.Sanjar Asqaraliev

Ogohlantirishlar: Abdulloh Olimov 27, Sato Minori 52, Farhod Bekmurodov 52. 


O'zbekiston chempionati. Musobaqa jadvali
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика